BUNAQASI BO‘LMAGAN: Xiaomi ekrani bir necha «tirqish»li smartfonlar tayyorlayapti! (+foto)

  •   DiMaX
  •  2538
  •  05.02.2019 17:47

BUNAQASI BO‘LMAGAN: Xiaomi ekrani bir necha «tirqish»li smartfonlar tayyorlayapti! (+foto)

Keyingi paytlarda old kamerasi displeydagi «teshik»ka joylangan smartfonlar urfga kirmoqda. Mazkur trendga Xiaomi ham qo‘shiladigan ko‘rinadi, ammo u bunga ham o‘zgacha yondashmoqda.

O‘QING: Xiaomi allaqachon Nokia 9 PureView kabi pentakamerali smartfon tayyorlabdi – unda olingan suratni ko‘ring!

LetGoDigital nashri Xiaomi’ning bir nechta patent suratlarini e’lon qildi. Ularda ekranida bir nechta «tirqish»lar bo‘lgan turli smartfonlarning naq 24 ta surati aks etgan!

Barcha modellar selfi-kamera uchun bitta emas, ikkita «teshilgan» romsiz displeyga ega. Shuningdek, ularda yaqinlashtirish va yorug‘likni sezish datchiklari ham ekran ostiga joylanadi.

Mazkur suratlardagi qurilmalarning old kameralari displeyning chap va o‘ng burchaklarida o‘rnatilgan. Modellar bir-biridan «tirqish»larning joylanishi va turiga ko‘ra farqlanadi. Shuningdek, bittasida selfi-kamera hatto «tirqish»siz ekranning ostiga joylangan.

Xiaomi bunday smartfonni qachon taqdim etishiyu uni qachon sotuvga chiqarishi hozircha noma’lum. Kompaniyaning ko‘plab rusumlardagi boshqa smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfonini AliExpress’dan sotib oling!