CES 2019: Ilk inqilobiy yumshoq akkumulyatorni Jenax tayyorladi! (+video)

  •   DiMaX
  •  530
  •  07.01.2019 13:15

CES 2019: Ilk inqilobiy yumshoq akkumulyatorni Jenax tayyorladi! (+video)

Keyingi bir yil ichida qayishqoq ekranli buklama smartfonlar yaratish ustida jiddiy izlanishlar olib borilayotganidan xabaringiz bor. Janubiy Koreyaning Jenax kompaniyasi esa dunyodagi ilk qayishqoq batareyani tayyorladi!

O‘QING: Kelajak smartfonlari kelajak batareyalari bilan

Kompaniya bu akkumulyatorini CES 2019 ko‘rgazmasi doirasida, 9 yanvar kuni namoyish etmoqchi. To‘g‘ri, ungacha ham shunday batareyalar yaratilgan, ammo ular hali prototip darajasida bo‘lib, qayishqoqligi ham nisbiy edi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, J.Flex deb nomlangan ushbu yumshoq akkumulyator umuman turli qurilmalar sohasida, qisman «buyumlar interneti» yo‘nalishida inqilob bo‘ladi. Garchi xohlagancha buklash, istalgan shaklga solish mumkin bo‘lsa-da, mazkur batareya litiy-ion qismlaridan tarkib topgan. Bu esa uning narxi yuqori bo‘lmasligini ta’minlaydi.

O‘QING: Kelajak smartfonlari kelajak batareyalari bilan

Mana, J.Flex batareyasini quyidagi lavhada ko‘rish mumkin:

Jenax kompaniyasi ushbu yangi ishlanmasining xususiyatlarini yaqin uch-to‘rt kun ichida – CES 2019 tadbirida oshkor etadi.

O‘QING: Suyuq batareya yaratildi: bu inqilobmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!