Dinamiksiz smartfon: u qanday bo‘ladi?

  •   Saroy
  •  1172
  •  13.06.2018 16:56

Dinamiksiz smartfon: u qanday bo‘ladi?

Samsung bilan LG dinamiksiz smartfonlarini kelasi yildan boshlab savdoga chiqarmoqchi. O‘tgan bahorda Samsung  Display Week ko‘rgazmasiga ovozni tebranish yordamida uzatadigan ekran timsolini olib kelgandi. Ushbu texnologiya an’anaviy gaplashadigan dinamikdan voz kechish imkonini beradi. Koreya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, kompaniya kelasi yilning boshida ushbu ishlanmaning tijorat versiyasini namoyish etadi.  

Samsung ushbu yo‘nalishda izlanishlarni avj oldirayotgan bir paytda, Janubiy Koreyaning yana bir gigant ishlab chiqaruvchisi – LG qo‘l qovushtirib o‘tirarmidi? Albatta, yo‘q. Bu kompaniya ham yaqin orada o‘z yechimini taqdim etmoqchi.

O‘QING: Samsung Exynos 9820 qudratli M4 yadrosi bilan monstrga aylanmoqchi

Samsung amalda modifikatsiya qilingan Galaxy S8+ ni ko‘rsatgandi. U  tebratkich generatori bo‘lgan 6.22-dyuymli displeyga ega. 100 Gs dan  8 kGs gacha  bo‘lgan  ovoz diapazoni  HD Voice standartiga to‘la mos keladi.

Bundan yo‘l tutilishining yana bir ustun tomoni  — smartfonni suv o‘tkazmaydigan qilish. Chunki tebranadigan ekran so‘zlagich dinamikning o‘rniga kelsa, bu  korpusdagi teshiklar bittaga kamaydi deganidir.

Shunga o‘xshash tizim allaqachon smartfonlarda qo‘llanilmoqda. Masalan, romsiz Vivo Nex smartfonida ham old panelda dinamik yo‘q. Vivo NEX smartfonlarida korpus old yuzasining 91,24 foiz maydonini displey egallagan – bu borada u rekordchiga aylandi. Aytish kerakki, mazkur ko‘rsatkich Apple iPhone X superflagmanida 82,9 foizga, Samsung Galaxy S9 flagmanida esa 84,2 foizga teng.

O‘QING: Bir ob’yektivli Galaxy S8 bosh kamerasi “qo‘sh ko‘zli” LG G6 va iPhone 7 Plus’ga qarshi

CES 2018 ko‘rgazmasida Samsung kompaniyasi katta  Crystal Sound OLED displeyini namoyish qildi, u ekran oynasining tebranishi orqali ovoz chiqaradi. Gap-so‘zlarga ishonadigan bo‘lsak, hozir  LG Display mobil qurilmalari uchun CSO versiyasi ustida ish olib bormoqda. Faqat bir narsa ma’lum bo‘lmay turibdi, bu gaplashadigan denamikning yana bir muqobili bo‘ladimi yoki to‘laqonli «gaplashadigan» ekran bo‘ladimi?

Xullas LG ham ushbu tizimning yakuniy versiyasini kelasi yilning boshida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Qani, 2019 yil kelaversinchi, ko‘ramiz.