Diniy saboq o‘rtasida porno-rolik namoyish etilgani uchun Zoom’ni sudga berishdi

  •   DiMaX
  •  3030
  •  16.05.2020 15:26

Diniy saboq o‘rtasida porno-rolik namoyish etilgani uchun Zoom’ni sudga berishdi

Koronavirus pandemiyasi davrida o‘ta ommalashgan Zoom servisi himoyasi zaifligi tufayli xakerlar hujumiga ko‘p uchramoqda. Undan biznes maqsadlarida foydalanish SpaceX’dan NASA’ga qadar ko‘plab kompaniya va korxonalar tomonidan taqiqlangan. Yana...

O‘QING: Yarim million Zoom akkaunti rus tilli anonim Telegram-kanalda sotildi

San-Fransisko shahridagi lyuteran cherkovi Zoom servisini sudga bo‘rdi, deb yozadi CNN. Sababi – cherkovda Injilni o‘rganish bo‘yicha onlayn dars o‘tishayotganida, xakerlar hujum qilib, videokonferensiyaning orasida pornografik lavhalarni namoyish etishgan.

Mazkur diniy saboq 6 may kuni o‘tkazilayotgan bo‘lib, uning asosiy ishtirokchilari keksalar edi. Videosuhbat boshlanganidan 42 daqiqa o‘tib, xakerlar unga uyatsiz lavhalar tiqishtirishgan.

Cherkov sudga bergan arizada ta’kidlanishicha, Zoom foydalanuvchilarning xavfsizligi va himoyalanganligini emas, balki o‘z foydasi va daromadini birinchi o‘ringa qo‘ymoqda. Mahalliy jurnalistlarning yozishlaricha, diniy muassasa bu bo‘yicha dastlab Zoom ma’muriyatiga murojat etgan. Lekin kompaniya biror javob bermagach, ustidan yozib sudga berishgan.

Zoom servisi vakillari esa da’voning asossiz ekanligini, kompaniya bu holatga befarq qaramaganligini ta’kidlashmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ma’muriyat o‘sha kunning o‘zidayoq jinoyatchining shaxsini aniqlab, servisdan bloklagan, keyin esa huquqni muhofaza etuvchi idoralarga bu haqida xabar bergan.

Kompaniya mazkur noxush holat yuzasidan uzr so‘ragan va servis xavfsizligiga yanada jiddiy yondashishga so‘z bergan.

O‘QING: Telegram-kanalda qizlarning telefon raqami va pornografik materiallar tarqatgan shaxs jazolandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!