Do‘stlaringizni qo‘rqiting: Telegram’ga ovozli emodzilar qo‘shildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  2961
  •  28.10.2020 09:44

Do‘stlaringizni qo‘rqiting: Telegram’ga ovozli emodzilar qo‘shildi! (+video)

Joriy yilning sentyabrida eng ommabop ilovalar top-o‘ntaligiga kirgan Telegram messenjeri yaqindagina 7.1 versiyasida chiqib, ko‘plab yangi imkoniyatlar olib kelgan edi. Shuningdek, yaqindagina uning rasmiy sayti – Telegram.org ham o‘zbek tilida taqdim etilgan. Bulardan tashqari...

O‘QING: Telegram yana bir qulaylik bilan boyitilyapti!

Xellouin arafasida Telegram dasturchilari bu messenjerga yangi funksiyani qo‘shishdi. Ya’ni, ayrim emodzilarga ovoz effekti baxsh etildi!

Buni sinab ko‘rish uchun suhbatdoshingizga ikkita animatsiyali emodzidan birini (🎃 va ⚰️) Telegram orqali (boshqa biror matnsiz, alohida o‘zini bitta xabarda) yuboring.

Aytish kerakki, agar qabul qiluvchining qurilmasi tovushsiz rejimda turgan bo‘lsa, bu animatsiyali emodzilarda ovoz effekti ishlamaydi. Shuningdek, mazkur funksiya hozircha Telegram’ning faqat mobil kliyentlarida ishlayapti, kompyuterda – Telegram Desktop orqali ko‘rganda ularning tovushi chiqmaydi.

Messenjer jamoasi shu kunlarda uning navbatdagi yangilanishini taqdim etishi kutilmoqda. Unda Xellouin mavzusida stikerlar jamlanmasi hamda yana bir nechta animatsiyali emodzi ham paydo bo‘ladi.

O‘QING: Telegram'da qanday qilib Amerika raqami bilan akkaunt ochish mumkin?