Dunyodagi ilk 160 vattlik tezkor quvvatlanuvchi, eng original dizaynli smartfon «jonli» suratda

  •   DiMaX
  •  1195
  •  18.06.2021 10:06

Dunyodagi ilk 160 vattlik tezkor quvvatlanuvchi, eng original dizaynli smartfon «jonli» suratda

Xitoydagi Infinix kompaniyasi bir necha yildan buyon o‘ziga xos smartfonlar chiqarib keladi. Masalan, bultur u bor-yo‘g‘i 107 dollarga ulkan ekranga va 6000 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lgan Smart 4 Plus modelini taqdim etgan edi.

O‘QING: 64 MPlik kvadrokamera va 48 MPlik qo‘shaloq old kamerali eng arzon selfifon chiqdi

XDA-Developers resursi o‘tgan hafta mazkur kompaniya naq 160 vattlik tezkor zaryadlanuvchi dunyodagi ilk smartfonni tayyorlayotganini aniqlagan edi. Endi esa jurnalistlar ushbu qurilmaning press-renderlarini ham qo‘lga kiritishdi.

Ushbu telefon Infinix’ning birinchi premial smartfoni bo‘lishini aytishmoqda. Gadjet ekranining chetlari qayrilgan, yuqori chap burchagida selfi sensori uchun tuynukcha ochilgan va daktiloskop ham displeyga integratsiya qilingan. Korpusi kul rang bo‘lib, unga yirik NOW yzuvi tushirilgan – bu so‘z model nomi bo‘lishi ham mumkin. Flagmanning to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bosh kamera blogiga uchta optik datchik va fotochaqnoq joylangan. Asosiy modul o‘ta yirik, modullardan biri esa periskop kameradir.

O‘QING: Android-smartfon kamerasidan 100 foiz foydalanishning 10 ta usuli

Infinix’ning mazkur flagmani korpusining o‘ng qirrasida yoqish-o‘chirish hamda ovozni ko‘tarish/pasaytirish tugmachalari joylashgan. Yuqori tomonida esa dinamik, SIM-kartalar sloti hamda USB-C portini ko‘ramiz.

Afsuski, devaysning texnik xususiyatlari haqida ma’lumot yo‘q, lekin quyidagi «jonli» rasmda smartfoning o‘z sal uzoqroqdan, 160 vattlik zaryadchigi esa yaqqol ko‘rsatilgan:

Aytib o‘tish kerakki, Infinix Mobile kompaniyasiga 2013 yilda asos solingan. 2011 yilda Xitoy ishlab chiqaruvchisi Transsion Holdings fransuzlarning Sagem Wireless kompaniyasini xarid qilgach, ushbu brend taqdim etilgan. Infinix Mobile o‘z qurilmalarini Fransiyada, shuningdek Bangladesh, Koreya, Gonkong, Hindiston va Xitoyda ishlab chiqaradi. Infinix smartfonlari Yevropa, Yaqin Sharq, Osiyo va Afrika mamlakatlarida sotiladi.

O‘QING: Dunyo smartfon bozorining 70 foizi shu beshtagina kompaniyaga tegishli!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!