E3 2021 tadbirida Microsoft va Bethesda namoyish etgan barcha 32 ta o‘yin treylerlari bitta joyda!
Electronic Entertainment Expo o‘yinlar ko‘rgazmasining bu yilgisi – E3 2021 tadbiri 12–15 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Uning doirasida Microsoft hamda Bethesda kompaniyalari hamkorlikdagi birinchi namoyishni o‘tkazdi.
O‘QING: Afsonaviy shuter-o‘yin smartfonlarga ham chiqdi! (+video)
Mazkur ikki gigant E3 2021 ko‘rgazmasida namoyish etgan barcha o‘yinlarning treyler videolarini e’lon qilmoqdamiz. Ulardan aksariyatining qachan va qaysi platformalarga chiqishi ham ma’lum.
- Starfield
Namoyishning ochilishi Starfield bilan boshlandi.
Ushbu o‘yin 2022 yilning 11 noyabr kuni, Xbox uchun eksklyuziv bo‘lib chiqadi.
- S.T.A.L.K.E.R. 2
GSC studiyasi, nihoyat, S.T.A.L.K.E.R. 2 o‘yinining birinchi to‘laqonli treylerini taqdim etdi.
Mazkur shuter kelasi yilning 28 aprelida kompyuterlar uchun, Xbox Series X hamda Xbox Series S uchun eksklyuziv tarzda taqdim etiladi.
- Back 4 Blood
Ushbu kooperativ shuterning relizi 12 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.
Back 4 Blood o‘yinini namoyishdan keyinoq Game Pass do‘konidan olish mumkin bo‘ladi.
- Contraband
Avalanche Studios dasturchilarining ushbu yangi loyihasi geymerlarga qachon taqdim etilishi hozircha aniq emas.
- Sea of Thieves o‘yinidagi «Karib dengizi qaroqchilari»
Ushbu to‘ldirish 22 iyunda chiqadi.
- Yakuza: Like a Dragon
Bu o‘yin allaqachon Xbox Game Pass katalogiga chiqdi.
- Battlefield 2042
Xbox taqdimotida EA hamda DICE tayyorlagan shuterning ilk geympley treyleri ham ko‘rsatildi:
- Twelve Minutes
Bu o‘yinda asosiy qahramonlarga Jeyms Makevoy, Deyzi Ridli hamda Uillem Defo ovoz bergan.
Twelve Minutes loyihasining relizi 19 avgustga belgilangan.
- Psychonauts 2
Bu o‘yindan geymerlar 25 avgustdan boshlab bahramand bo‘lishlari mumkin.
- Fallout 76 uchun Steel Reign to‘ldirishi
Mazkur o‘yin ijodkorlari birdaniga ikkita to‘ldirishni e’lon qilishdi.
Fallout 76 uchun Steel Reign to‘ldirishi 7 iyulda chiqadi.
- 11. Fallout 76 uchun Expeditions: The Pitt to‘ldirishi
Mazkur to‘ldirish geymerlarga 2022 yili yetib keladi.
- The Elder Scrolls Online
Ushbu MMO-o‘yinning yangilangan versiyasi Xbox Series X hamda Series S, shuningdek PS5 konsollariga 15 iyundan taqdim etilmoqda.
- Party Animals
Bu loyihani geymerlar 2022 yili Game Pass’dan olishlari mumkin bo‘ladi.
- Hades
13 avgustdan boshlab bu o‘yinni Game Pass katalogidan olish mumkin bo‘ladi.
- Somerville
Ilmiy fantastika yo‘nalishidagi sarguzasht o‘yin kompyuterlarga chiqadi.
- Halo Infinite
Ushbu o‘yin relizi 2021 yilning oxiriga rejalashtirilgan.
O‘yinda ko‘p foydalanuvchi rejimi bepul bo‘ladi.
- Diablo II: Resurrected
Blizzard taqdim etgan RPG-o‘yinning yangi versiyasi 23 sentyabrda chiqadi.
- A Plague Tale: Requiem
Bu o‘yindan geymerlar 2022 yilda zavq olishlari mumkin bo‘ladi.
- Far Cry 6
Birinchi shaxs nomidan o‘ynaluvchi shuterning oltinchi qismi ham tayyor.
- Slime Rancher 2
Bu o‘yinni ham keyingi yildan o‘ynash mumkin bo‘ladi.
- Shredders
Mazkur loyiha geymerlarga shu yilning dekabrida taqdim qilinadi.
- Atomic Heart
Mundfish studiyasining bu o‘yini ham Game Pass’ga chiqadi, ammo reliz sanasini aytishmadi.
- Replaced
Geymerlar bu o‘yindan 2022 yilda zavq olishlari mumkin bo‘ladi
- Grounded – Shroom & Doom
Ushbu yangilanish 30 iyunda chiqadi.
- Among Us
Ommabop o‘yinning yangilangan versiyasi chiqadi.
- Eiyuden Chronicle: Hundred Heroes
Mazkur o‘yinni 2023 yilgacha kutishga to‘g‘ri keladi.
- The Ascent
Mazkur loyihaning relizi 19 avgustda bo‘ladi va u o‘shandayoq Game Pass do‘koniga chiqadi.
- Age of Empiress IV
Geymerlarga bu o‘yin 28 oktyabrda taqdim etiladi.
- The Outer Worlds 2
Ushbu o‘yin boshida Xbox uchun eksklyuziv bo‘ladi.
- Microsoft Flight Simulator
Simulyator 27 iyulda Xbox Series X hamda Xbox Series S uchun taqdim etiladi.
Kuzda esa uning «Top Gan: Meverik» to‘ldirishi chiqadi.
- Forza Horizon 5
Poygalar turkumining davomi 9 noyabrdan Xbox One, Xbox Series X hamda Series S pristavkalariga, shuningdek kompyuterlarga ham chiqariladi.
- Redfall
Arkane Austin studiyasidan Xbox uchun yangi eksklyuziv.
Xo‘sh, siz bulardan qaysilarini eng ko‘p kutmoqdasiz?
O‘QING: Bir oydayoq $264,5 mln keltirgan mobil o‘yin – PUBG Mobile yoki Roblox emas! (2021 yil, may)