EKSKLYuZIV VIDEO: Xiaomi Mi Mix 2S old kamerasi ekran burchagidagi «kemtik»da ekan!

  •   DiMaX
  •  1697
  •  09.03.2018 17:21

EKSKLYuZIV VIDEO: Xiaomi Mi Mix 2S old kamerasi ekran burchagidagi «kemtik»da ekan!

Xiaomi kompaniyasining 27 mart kuni Shanxay shahrida taqdim etilishi kutilayotgan Mi Mix 2S smartfoni hozir butun dunyoning diqqat markazida turibdi. Ayni shu model, deya ko‘rsatilayotgan «jonli» suratlardagi devayslar esa ba’zan bir-biriga o‘xshamaydi ham.

O‘QING: «Boshqacha» Xiaomi Mi Mix 2S’ni har ikki tomonidan «jonli» tomosha qilamiz!

Endi internetda Xiaomi Mi Mix 2S tasvirlangan yangi videolavha e’lon qilindi. Nihoyat, unda smartfonning old tomoni yuqori qismi ham ko‘rsatilgan. Avvalgi e’lon qilingan videorolikda esa uning ekrani faqatgina pastki yarmi aks ettirilgan edi.

Mana, bu smartfonning ishlashini yangi lavhada birga tomosha qilamiz:

Ko‘rib turganingizdek, ekranning yuqori o‘ng burchagida o‘ziga yarasha «o‘yiq» mavjud va selfi-kamera o‘sha yerga joylangan. Ushbu modelda barmoq izi skaneri ham displeyning o‘ziga integratsiya qilinishi mana bu videoda ko‘rsatilgan edi. Biroq keyingi kunlarda internetga chiqarilgan quyidagi «jonli» rasmga ko‘ra, daktiloskopik datchik uning orqa panelida joylashgan:

Ko‘rib turganingiz – bosh kameraning ikkita moduli alohida-alohida holda ham ishlash qobiliyatiga ega, deyishmoqda.

O‘QING: Xiaomi: «sun’iy ong»li Mi MIX 2S kamerasining modullari bir-biridan mustaqil ishlaydi!

Taxminlarga ko‘ra, Xiaomi Mi MIX 2S asosiy kamerasining bitta moduli foto va videolar suratga olishga xizmat qilsa, ikkinchisi ob’yektlarni «tanib olish», fokusni sozlash va hatto hujjatlarni skanerlashni «o‘rgana oladi».

Xiaomi Mi MIX 2S smartfoniga nisbat berilayotgan texnik xususiyatlar, uning suratlari haqida avvalgi maqola va xabarlarimizdan batafsil ma’lumot olishingiz, shuningdek, videosini tomosha qilishingiz mumkin.

O‘QING: Mi MIX 2S dunyodagi eng qudratli smartfonlardan biri bo‘lishini Xiaomi tasdiqladi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!