EKSKLYuZIV: Xiaomi hali ko‘rsatmagan Redmi Note 6 Pro bilan ilk «jonli» videotavsifda batafsil tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  1716
  •  18.09.2018 11:28

EKSKLYuZIV: Xiaomi hali ko‘rsatmagan Redmi Note 6 Pro bilan ilk «jonli» videotavsifda batafsil tanishamiz!

«Xitoycha Apple» avgustdayoq tayyorlagan Redmi Note 6 hamda Note 6 Pro smartfonlari turli mamlakatlarda sertifikatsiyadan o‘tkazilganligidan xabaringiz bor. Hali taqdim etilmay turib allaqachon sotuvga ham chiqarilgan Redmi Note 6 Pro modelining «jonli» suratlarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Hamyonbop, lekin naq to‘rtta kamerali Redmi Note 6 Pro’ni «jonli» rasmlarda ko‘ring!

Endi esa ushbu smartfonning «jonli» tarzdagi birinchi videotavsifi ham internetga chiqib ketdi. Uni pokistonlik videobloger Bilol Munir o‘z tilida taqdim etgan; ammo asosiy ma’lumotlar ingliz tilidagi subtitrlar tarzida ham ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, uning ayrim texnik xususiyatlari avval taxmin qilinganlaridan boshqacharoq ekanligi ham ma’lum bo‘ldi. Jumladan, Redmi Note 6 Pro’ning «elektron yuragi» Qualcomm Snapdragon 660 emas, balki yakka kristalli Snapdragon 636 chipi ekan.

Xiaomi negadir hozirgacha Redmi Note 6 Pro smartfoni haqida birorta ham rasmiy ma’lumot bermayapti. Lekin kompaniyaning aksariyat rusumlardagi smartfonlarini, hatto yaqinda taqdim etilgan «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmanini ham Terashop.uz internet-do‘konimizdan rasmiy kafolati bilan onlayn olishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da aksiya: Xiaomi smartfoni xaridida original Mi quloqchini sovg‘a! Narxlar bilan tanishing (2018 yil 7 sentyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!