Elektromobillarda alohida ro‘yxatdan o‘tkazish raqam belgilari bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  209
  •  16.08.2021 12:18

Elektromobillarda alohida ro‘yxatdan o‘tkazish raqam belgilari bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasi 12.08.2021 yildagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirish hamda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 513-son qarorni qabul qildi. Bu to‘g‘rida NORMA.UZ xabar bermoqda.

O‘QING: Tesla Model X haqiqiy tank bilan kuch sinashdi! («Jonli» video)

Hujjat Prezidentning «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

Notarius tomonidan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomani rasmiylashtirish davomida murojaat qiluvchi taraflar tomonidan avtomototransport vositasi agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechiriladi. Mazkur ma’lumot shartnomada aks ettiriladi.

Notarius tomonidan avtotransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomalar bilan bog‘liq ma’lumotlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining elektron ma’lumotlar bazasiga «yagona darcha» tamoyili asosida avtomatik ravishda yuboriladi.

Elektrdvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega bo‘lgan avtomototransport vositalari uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.

2021 yil 1 noyabrga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘lov va yig‘imlar undirilmasdan almashtirib beriladi.

O‘QING: Andijonda elektromobil ishlab chiqariladi

Yuqorida bayon etilganlar munosabati bilan quyidagilarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

  • Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga;
  • Avtomototransport vositalari va ularning tirkamalariga beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining tiplariga;
  • Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda «O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga;
  • Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti va boshqalar.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.08.2021 yildan kuchga kirdi.

O‘QING: Diplomatiya universitetiga kira olmagan qiz Tesla’ga ishga kirdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!