Eng arzon va kuchli Redmi smartfonining namoyish kunini Xiaomi rasman e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2050
  •  06.02.2020 13:16

Eng arzon va kuchli Redmi smartfonining namoyish kunini Xiaomi rasman e’lon qildi

Xiaomi kompaniyasi Redmi brendi ostidagi navbatdagi smartfon taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Korporatsiya vitse-prezidenti va Xiaomi India rahbari Manu Kumar Jeyn ( Manu Kumar Jain) uning tizerini Twitter orqali e’lon qildi.

O‘QING: Uzoq kutilgan Poco X2 arzon narxda taqdim etildi: siz uni «taniysiz»!

Bundan tashqari, Xiaomi’ning Hindistondagi rasmiy saytida ham yangi qurilmaga bag‘ishlangan yangi sahifa paydo bo‘lgan.

Demak, 11 fevral (aynan Galaxy S20 flagmanlari namoyish sanasi!) kuni Hindistonda kompaniya yangi Redmi smartfonini taqdim etadi. Uning bosh kamerasi qo‘shaloq, batareyasining tok sig‘imi esa 5000 mA/soatga teng.

O‘QING: Xitoy regulyatorida Xiaomi’ning yana bir – Mi Mix Fold buklamafoni «qo‘lga tushdi»!

Xiaomi yangi mahsulotini MorePowerToRedmi (Yanada yuksak Redmi qudrati) slogani bilan reklama qilyapti. Shunga ko‘ra, ayrim kuzatuvchilar bu kuni smartfon emas, balki, masalan – tashqi akkumulyator (poverbank) namoyish etilishi ham mumkinligini aytishayotir.

Taniqli tarmoq informatori Mukul Sharma (Mukul Sharma) fikricha esa, bu yerda katta ehtimol bilan Redmi 9A smartfoni nazarda tutilmoqda. Agar shunday bo‘lib chiqsa, yangi smartfon eng arzon Redmi A turkumidagi ilk qo‘sh kamerali model bo‘ladi.

Yaqin orada esa Xiaomi o‘zining flagmanlarining navbatdagi vakillari – Mi 10 hamda Mi 10 Pro smartfonlarini taqdim qiladi. Bundan tashqari...

O‘QING: Mi 10’larni qo‘yaturing, Xiaomi yana bir «bomba» smartfon tayyorlayapti! (+«jonli» rasmlar)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!