Eng arzon Xiaomi smartfoni – Redmi Go suratlari va narxi e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  13031
  •  29.01.2019 15:29

Eng arzon Xiaomi smartfoni – Redmi Go suratlari va narxi e’lon qilindi

«Xitoycha Apple» yaqin orada o‘zining eng arzon smartfoni – Redmi Go rusumli devaysini taqdim etadi. Bu – Android Go platformasida ishlovchi ilk Xiaomi smartfoni bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi eng arzon – Redmi Go smartfonini ro‘yxatdan o‘tkazdi!

Kuni kecha Terabayt.uz chop etgan xabarda filippinlik manbaning ushbu model haqidagi ma’lumotlari berilgan edi. Unga ko‘ra, Redmi Go taxminan 70 AQSh dollariga narxlanishi kutilayotgan edi.

Endi esa ushbu modelning Yevropada savdoga chiqish vaqti hamda narxi ham ma’lum bo‘ldi. Germaniyaning WinFuture nashri yozishicha, mazkur qit’ada uni fevralning o‘rtalarida, 80 yevro narxida sotuvga chiqariladi. Ya’ni, Redmi Go smartfonining rasmiy taqdimoti, Xitoyda sotila boshlashi va Yevropa bozoriga yetib borishi oralig‘i uncha uzoq bo‘lmaydi.

O‘QING: 70 dollarlik Redmi Go to‘liq fosh etildi: suratlari va xususiyatlari bilan tanishing!

Eslatib o‘tamiz, Redmi Go diagonaliga 5 dyuymlik ekranga ega bo‘lib, displeyining tasvir aniqligi 1280x720 piksellik. Uning asosiy kamerasi 8, selfi-kamerasi esa 5 megapiksellik datchikka ega. Snapdragon 425 protsessori bazasidagi bu smartfon 1 gigabaytlik tezkor va 8 gigabaytlik ichki xotiraga ega. Android 8.1 Oreo (Go Edition) tizimi o‘rnatilgan bu devays akkumulyatorining tok sig‘imi esa 3000 mA/soatni tashkil etadi.

Xiaomi kompaniyasining shu paytgacha bozorga taqdim etgan aksariyat smartfonlarini 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud. Kompaniyaning so‘nggi xit mahsulotini bo‘lsa hozircha faqat Xitoydagi onlayn platformalar orqali xarid qilish mumkin.

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfonini AliExpress’dan sotib oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!