Eng ko‘p sotilayotgan ayfon qaysi biri? Tim Kuk aniqlik kiritdi

  •   DiMaX
  •  2870
  •  10.01.2019 18:10

Eng ko‘p sotilayotgan ayfon qaysi biri? Tim Kuk aniqlik kiritdi

Keyingi bir necha oy mobaynida Apple korporatsiyasining aksiyalari narxi pasayib borayotgani haqidagi xabarlarga ko‘p duch kelmoqdamiz. Bunga uning 2018 yilgi smartfonlari savdosi ko‘ngildagidek ketmayotganligi ham qisman sababchi.

O‘QING: Eng qimmat kompaniya endi Microsoft ham emas, Apple esa yanada pastladi!

Ammo ayrim manbalar ayfonlarning savdosi pastligini juda oshirib ko‘rsatishmoqda, deydi Apple rahbari. Bu haqdagi fikrini Tim Kuk kuni kecha CNBC telekanaliga bergan intervyusida bildirgan. Xususan, iPhone XR yaxshi sotilmayotgani haqidagi gap-so‘zlar umuman asossiz, deydi u.

Tim Kukning aytishicha, savdosi boshlanganidan buyon iPhone XR eng xaridorgir ayfon bo‘lib kelayotir. Butun dunyoda uning sotilish ko‘rsatkichlari iPhone XS va iPhone XS Max ko‘rsatkichlaridan anchagina yuqori. Ammo korporatsiya rahbari bu borada aniq raqamlarni keltirmagan.

«Tahlilchilarning pessimistik prognozlariga ishonmaslik kerak, – deydi Tim Kuk. – Ular bir necha yillardan buyon Apple inqirozini asossiz tarzda bashorat qilib kelishadi».

Shu bilan birga, Apple rahbari dunyo iqtisodiyotidagi umumiy sustlashuv hamda Xitoy bilan ketayotgan savdo urushi muayyan xavotirga sabab bo‘lishini aytgan.

iPhone’larning narxi qimmatligi borasidagi savolga javoban u, Apple «arzon mahsulot tayyorlamasligi»ni ta’kidlagan.

O‘QING: 2018 yili Apple o‘z rahbariga 15 million dollardan oshiq, ayrim xodimlariga esa undan ham ko‘p to‘lagan!