Eng kuchli hamyonbop Samsung smartfonini anboksing videosi to‘liq fosh etdi! (+Geekbench testi)

  •   DiMaX
  •  1118
  •  09.08.2021 11:40

Eng kuchli hamyonbop Samsung smartfonini anboksing videosi to‘liq fosh etdi! (+Geekbench testi)

Samsung kompaniyasining Galaxy A52 modeli shu yilning mart oyida taqdim etilgan bo‘lib, hozirgacha eng ommabop smartfonlar reytinglaridan tushmay kelayotir. Samsung endi uning s-versiyasi – Galaxy A52s qurilmasini tayyorlagan.

O‘QING: Samsung taqdim etib ulgurmagan Galaxy A52s do‘konga chiqdi – narxlari va asosiy jihatlari aniq!

Mazkur qurilma o‘rta narxli Samsung smartfonlari orasida eng kuchlisi bo‘lishi kutilmoqda; demak, uning ommabopligi ham shunga yarasha bo‘ladi. Hali rasman namoyish etilmasidan burun, YouTube tarmog‘ida Galaxy A52s modelini qadog‘idan olib, ishlatib ko‘rsatilgan birinchi videorolik paydo bo‘ldi.

Mazkur lavhada Samsung Galaxy A52s devaysini to‘liq ishlatib, kamera imkoniyatlarini ham ko‘rsatib berishgan. Bundan tashqari, uning ommabop Geekbench benchmarkidagi natijasi (yakka yadroli testda 768, ko‘p yadroli sinovda – 2855 ball) ham namoyish etilgan.

Smartfon yakka kristalli Snapdragon 778G protsessori bazasida tayyorlangan, uning tashqi ko‘rinishi Galaxy A52 modeliga o‘xshaydi. Samsung yangi telefonini Infinity-O ekran hamda metall rom bilan chiqarmoqda. Lavhadagi apparat Android 11 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlayapti.

Samsung Galaxy A52s faqat bir xil – ichki xotirasi 128 gigabaytlik variantda, qora, oq hamda binafsha rangli korpuslarda ishlab chiqariladi. Uning narxi esa 450 yevro atrofida bo‘lishini aytishmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, avgust)