Eng kuchli protsessorli eng arzon Huawei smartfonini taqdimotdan avval «jonli» ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1677
  •  19.11.2018 14:52

Eng kuchli protsessorli eng arzon Huawei smartfonini taqdimotdan avval «jonli» ko‘ramiz!

Huawei kompaniyasi yaqinda o‘zining flagman turkumi – Mate 20 smartfonlarini rasman namoyish etgandi. Ulardan Mate 20 Pro kamerasini ham allaqachon DxOMark servisida tekshirishgan, ammo natijasi o‘ta yuqori bo‘lgani uchun to munosib raqib chiqqunicha oshkor etishmayapti.

O‘QING: Huawei Mate 20 ikkita ko‘rsatkichda rekord o‘rnatdi!

Xitoylik texnogigant endi Huawei Honor V20 modelini taqdimotga tayyorlamoqda, ammo uning xususiyatlarini sir tutib turibdi. Shunga qaramay, SlashLeaks resursi uning «jonli» suratini e’lon qildi.

Rasmda ushbu smartfonning faqat old paneligina aks ettirilgan, unda displeyning yuqori qismi o‘rtasida tomchisimon «o‘yiq» ko‘zga tashlanadi. Mazkur modelning «ajdod»i – Honor V10 (boshqacha nomi – Honor View 10) smartfonining ekrani esa «kemtik»siz edi.

O‘QING: Honor V10 avtonomligi eng kuchli flagmanlardan biri bo‘lib chiqdi

Honor V20 yoki Honor View 20 modelida barmoq izi skaneri oddiy bo‘lishi, displeyga joylanmasligi ta’min qilinmoqda. Biroq uning «elektron yuragi» ayni paytgacha rasman taqdim etilib, bozorga chiqarilgan eng kuchli Android-protsessor – Kirin 980 chipi bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mazkur qurilma eng kuchli protsessorli eng arzon Huawei smartfoni sifatida maydonga tushadi.

Umuman olganda, hali namoyish etilmagan bu smartfon Mate 20 flagmanlarining hamyonbop muqobili bo‘ladi. Honor View 20 asosiy kamerasi uch modulli, o‘zi esa Android 9.0 Pie operatsion tizim talqiniga asoslangan EMUI 9.0 proshivkasiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Honor V20 joriy oyning o‘zidayoq Xitoyda taqdim etilishi, keyinroq – dekabrda esa dunyo bozoriga ham chiqishi taxmin qilinmoqda. Hozirgacha sotuvga chiqqan Huawei smartfonlarining aksariyatini esa Terashop.uz internet-do‘konimizda 890 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda, rasmiy kafolati bilan sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Huawei’ning keyingi flagmani – P30 Pro kamerofonining suratlari va texnik jihatlari bilan tanishamiz!