Eng kutilayotgan o‘yin – Assassin’s Creed: Valhalla’ning ilk rasmiy treylerini tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1440
  •  02.05.2020 11:53

Eng kutilayotgan o‘yin – Assassin’s Creed: Valhalla’ning ilk rasmiy treylerini tomosha qiling!

Ubisoft kompaniyasining mashhur Assassin's Creed turkumi ishqibozlari Assassin's Creed Odyssey, Assassin’s Creed: Rebellion va boshqa o‘yinlardan bahra olib kelishmoqda. XXI asrning eng zo‘r ellikta o‘yini reytingiga kirgan Assassin's Creed 2 o‘yinini esa 5 maygacha olib, bir umr bepul o‘ynash mumkin!

O‘QING: Epic Games ikkita – xorror va ekshen o‘yinni 7 maygacha tekin tarqatyapti (+video)

Ushbu turkumning navbatdagi, eng kutilayotgan o‘yini Assassin’s Creed: Kingdom nomi bilan chiqishi va unda janglar Skandinaviya hududida, vikinglar davrida bo‘lib o‘tishi aytilgan edi. Kuni kecha – 29 aprel kuni Ubisoft bergan rasmiy anonsga ko‘ra, uning nomi boshqacharoq – Assassin's Creed: Valhalla ekan. Undagi «Valhalla» («Valgalla») so‘zi esa Skandinaviya mifologiyasiga tegishli bo‘lib, «marhumlar makoni»ni anglatadi.

Ubisoft vikinglar haqidagi ushbu o‘yinning ilk rasmiy treylerini e’lon qildi:

Ekshen janriga mansub bo‘lgan Assassin's Creed: Valhalla o‘yini geymerlarga 2020 yilning kuzida, PlayStation 4, Xbox Series X hamda kompyuterlarda o‘ynash uchun taqdim etiladi. Yana uning kutilayotgan o‘yin pristavkalari – PlayStation 4 hamda Xbox Series X uchun ham tayyorlanayotgani aytilmoqda.

Mazkur dasturiy ta’minot ustida naq 14 ta o‘yin studiyasi ishlamoqda, bu esa Ubisoft uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, Assassin's Creed: Odyssey o‘yinini «atigi» yettita studiya birgalikda tayyorlagan.

O‘QING: PlayStation 5 taqdimotining aniq kuni ham ma’lum – endi ko‘p kutmaymiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!