Eng ommabop 10 smartfon (45-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (45-hafta)

Apple iPhone 12 Pro Max ancha vaqtdan buyon chartimizda yetakchilik qilib kelayotgan edi, endi esa, kutilmaganda, Redmi brendining hali taqdim qilinmagan smartfonlari birinchilikni qo‘lga oldi.

Redmi Note 9 Pro 5G va Redmi Note 9 5G modellari haqida qator ma’lumotlar sizdirilgani bois smartfonlarga bo‘lgan qiziqish oshdi. Gadjetlar mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinni egalladi. iPhone'larga bo‘lgan qiziqish kamaygani sababli iPhone 12 Pro Max uchinchi o‘ringa tushib qoldi.

Yangi taqdim qilingan Huawei nova 8 SE to‘rtinchi o‘rinni band qilgan bo‘lsa, Poco X3 NFC yana shuhrat qozonib, qoq markazdan joy oldi.

Redmi Note 9 Pro'ga oltinchi, Samsung Galaxy M51'ga esa yettinchi o‘rin nasib qildi.

iPhone 12 Pro o‘tgan gal ikkinchi o‘rinni egallab turgan edi, endi esa oxiridan ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. iPhone 12 va 12 mini'lar esa reytingimizdan butunlay chiqib ketdi.

Chartimizning doimiy vakillaridan Galaxy A51 esa yana ko‘rinish berdi. So‘nggi pog‘ona Xiaomi Mi 10T Pro'ga nasib qildi.

Shunday qilib, OnePlus Nord N10, Huawei Mate 40 Pro+, LG K92 va ikki iPhone'lar bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keldi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ortda qolgan qirq beshinchi haftada Xiaomi'ning 5 ta, Apple'ning 2 ta, Samsung'ning 2 ta va Huawei'ning 1 ta smartfoni top reytingimizni tashkil qildi.

Xiaomi Redmi Note 9 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Huawei nova 8 SE
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy M51
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Apple iPhone 12 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 10T Pro 5G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (44-hafta)