Eng ommabop o‘yin konsoli – birorta PlayStation ham, Xbox ham emas... Unda qaysi biri?

  •   DiMaX
  •  846
  •  22.05.2021 16:30

Eng ommabop o‘yin konsoli – birorta PlayStation ham, Xbox ham emas... Unda qaysi biri?

Ampere Analysis tahlil kompaniyasi joriy yilning birinchi choragi holatiga ko‘ra eng xaridorgir o‘yin pristavkalari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, mazkur bozorning yetakchisi PlayStation ham, Xbox ham emas ekan!

O‘QING: Antiqa reyting: 2020 yilning eng yomon o‘nta o‘yini!

Sony korporatsiyasi 2020 yil 12 iyunga o‘tar tunda PlayStation 5 o‘yin konsoli hamda kutilmaganda uning PlayStation 5 Digital Edition nomli raqamli versiyasini taqdim etgan edi. Joriy yilning birinchi choragida shu ikkala gadjetdan jami 2,83 millionta sotilibdi.

Bu ko‘rsatkich, garchi o‘tgan yilning so‘nggi choragidagiga nisbatan kamroq bo‘lsa-da, umuman olganda yomon emas. Chunki mazkur bozordagi raqobatchi – Microsoft korporatsiyasining pristavkalari savdosi yanada sust ketgan. 2021 yilning birinchi kvartalida Xbox Series S hamda Xbox Series X modellari umumiy hisobda 1,31 million donagina sotilgan!

O‘yin konsollari bozorida hozir Nintendo Switch yakkahokimlik qilmoqda – yakuniga yetgan chorakda undan 5,86 millionta xarid qilishgan. Bu esa PS5 savdosidan ikki karra, Xbox Series S hamda Series X modellarining birgalikdagi savdolaridan to‘rt barobarga katta.

O‘QING: Xbox Series X hamda Series S pristavkalarining rasmiy va to‘liq videotavsifi!