Eng original – aylanma ekranli LG Wing smartfonini ilk «jonli» videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  944
  •  26.08.2020 11:46

Eng original – aylanma ekranli LG Wing smartfonini ilk «jonli» videoda ko‘ramiz!

Vivo kompaniyasi xuddi afsonaviy Nokia 3250 form-faktorida – korpusining yarmi 180 darajada buriladigan telefon tayyorlayotganini yozgan edik. LG esa allaqachon undan ham o‘zgacha – asosiy ekrani korpusga nisbatan 90 darajada aylanuvchi smartfonini yasab ulgurgan!

O‘QING: Xiaomi dunyodagi eng antiqa smartfonni sota boshladi – atigi 69 dollardan! (+«jonli» video)

Janubiy Koreya kompaniyasi bu smartfonni qachon taqdim etishi va bozorga qanday nom bilan chiqarishi hozircha aniq emas. Ma’lum bo‘lgani shuki, LG uni «Wing» kodli nomi ostida tayyorlagan. LG Wing smartfonining asosiy ekrani aylanib, «T» shakliga kela oladi, uning ostida esa qo‘shimcha displey mavjud.

Hozirgacha sizib chiqqan ma’lumotlarga qaraganda, LG Wing smartfonining asosiy displeyi digonaliga 6,8 dyuymlik o‘lchamga ega. Ikkinchi – ostki ekran esa kvadrat shaklida bo‘lib, diagonaliga 4 dyuym keladi.

Ikkinchi ekranda klaviatura, shuningdek, bosh displeydagi kontent bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumot aks etadi. Masalan, suratlar yoki videolarni tomosha qilish payti ostki ekranda ularni tahrirlash vositalari chiqib turadi va hokazo. YouTube lavhalarini to‘liq ekranli rejimda tomosha qilish barobarida ikkinchi displeyda ularning izohlarini o‘qish mumkin.

O‘QING: YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!

Internetda ushbu modelning ishlayotgan holidagi birinchi «jonli» videosi paydo bo‘ldi. Unda LG Wing’ning ustki – aylanuvchi ekranida navigatsiya ilovasi ishga tushirilgan, ikkinchi displeyda esa musiqiy pleyer menyusi aks etib turibdi. Kiruvchi qo‘ng‘iroq bo‘lganida, ikkinchi ekranda uni qabul qilish mumkin, asosiy displeydagi navigatsiya dasturi esa odatiy rejimda o‘z ishini davom ettiraveradi.

Mana, bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling:

Taxminlarga ko‘ra, LG Wing modeli kuchli flagman emas, balki Snapdragon 765 yoki 765G protsessorli o‘rtacha smartfon bo‘ladi. Uning bosh kamerasida 64 megapiksellik asosiy datchik o‘rnatilgan.

O‘QING: Xiaomi «damini olsin» – LG metro vagonlariga oyna o‘rniga shaffof OLED-ekranlar o‘rnatdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.