Eng xaridorgir smartfon endi qimmatlaydi – uning ishlab chiqarilishi to‘xtatildi

  •   DiMaX
  •  2750
  •  30.03.2020 14:45

Eng xaridorgir smartfon endi qimmatlaydi – uning ishlab chiqarilishi to‘xtatildi

Apple korporatsiyasining iPhone XR modeli, garchi 2018 yili taqdim etilgan bo‘lsa-da, bultur ham dolzarbligini yo‘qotmagan. 2019 yilda ayni shu smartfon eng xaridorgir bo‘lib, 46,3 millionta sotilgan va reyting shohsupasidan joy olgan.

O‘QING: Dunyo smartfon bozorida yetakchi kim o‘zi? (2 ta reyting)

Kupertinolik korporatsiya uchun ko‘plab rusumlardagi ayfonlarni xitoylik hamkori – Foxconn kompaniyasi terib berishidan xabaringiz bor. Aynan eng xaridorgir iPhone XR modelini esa ushbu kompaniya Hindistonning Chennay shahridagi zavodida yasaydi.

Ayni kunlarda esa, Hindistondagi manbalarning xabariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu hududda barcha korxonalarning faoliyati to‘xtatilgan. Mazkur taqiqning buzilmasligi uchun mamlakat huquq-tartibot idoralari muntazam tarzda tekshiruvlar o‘tkazib turishibdi. Shu sababli ham Foxconn bu yerda faoliyatini to‘xtatib turibdi.

Ko‘plab tadqiqot kompaniyalarining ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone XR hozir ham jahondagi eng ko‘p sotilayotgan smartfon hisoblanadi. Hindistonda uning ishlab chiqarilishi to‘xtatilganligi esa tez orada mazkur ayfonning narxi oshishiga olib keladi.

O‘QING: iPhone 12 Pro’ning ilk «jonli» rasmlarini Apple’dan haydalgan xodim fosh etdi!