Eng zo‘r Android-smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu talqini, 2018 yil, oktyabr): xitoyliklar Samsung’ni siqib chiqarishdi!

  •   DiMaX
  •  2326
  •  09.10.2018 11:46

Eng zo‘r Android-smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu talqini, 2018 yil, oktyabr): xitoyliklar Samsung’ni siqib chiqarishdi!

Turli mobil qurilmalarning ishlash samaradorligini baholab beruvchi onlayn servislar orasida AnTuTu benchmarkining o‘ziga yarasha o‘rni bor. Ushbu servis ayni damgacha rasman taqdim etilgan smartfonlarning tezligi bo‘yicha yangi reytingni e’lon qildi.

O‘QING: TOP-10: Dunyodagi eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu talqini, 2018 yil, sentyabr)

Android-smartfonlar bo‘yicha AnTuTu reytingida o‘tgan oylar yetakchisi – Xiaomi Black Shark o‘yinbop smartfoni o‘z o‘rnini bermagan. Ushbu geymerofon 293 009 ball blian birinchi o‘rinda turibdi. Ikkinchi o‘rin egasi ham o‘zgarmagan – «xitoycha Apple»ning asosiy raqobatchisi yaqinda taqdim etgan Meizu 16th modeli, 292 000 ochko. Yana bitta o‘yinbop telefon – Asus ROG Phone esa undan salgina kamroq – 291 217 ball bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Ko‘rib turganingizdek, to‘rtinchi o‘rinni Smartisan Nut R1, beshinchi pog‘onani esa Vivo NEX Ultimate band etgan. Uyog‘iga esa Xiaomi’ning ikkita flagmani – yaqindagina namoyish qilingan Mi 8 Pro hamda «deyarli shaffof» korpusli Mi 8 Explorer Edition kelmoqda. Sakkizinchi qatorni «flagmanlar kushandasi» – OnePlus 6 egallagan bo‘lsa, to‘qqizinchi o‘rinda betakror Oppo Find X flagmani turibdi. TOP-o‘ntalikni yana o‘sha «xitoycha Apple» o‘zining Mi 8 modeli yakunlab bergan.

Yuqoridagi smartfonlarning barchasi Snapdragon 845 protsessorli bo‘lsa, yaqin orada yangi avlod chipseti bazasidagi boshqa bir kuchli flagman ham maydonga tushadi. U hali rasman namoyish etilmasidan avval AnTuTu benchmarkida o‘z kuchini ko‘rsatib ulgurgan!

O‘QING: AnTuTu reytingi: Android-smartfonlarning yangi rekordchisini qarshi oling!

E’tibor bergan bo‘lsangiz, 2018 yilning oktyabr oyi boshigacha chiqqan baquvvat smartfonlar o‘ntaligida eng yuqori ballni ham, eng ko‘p o‘rinni ham Xiaomi gadjetlari olgan. Yana bir jihati – bu gal reytingdan faqatgina «xitoylik» smartfonlar o‘rin olgan, yetakchi smartfonsoz bo‘lmish Samsung’ni ular kuchlilar safidan butkul chiqarib yuborishgan!

Aytish kerakki, kuchlilar ro‘yxatiga kiruvchi flagmanlarni taqdim etgan kompaniyalarning aksariyat modellardagi smartfonlari O‘zbekistonda ham sotilmoqda. Terashop.uz internet-do‘konimizda Xiaomi va Meizu, shuningdek, kelasi oyning yetakchisi bo‘lishi kutilayotgan Huawei hamda, garchi AnTuTu reytingidan chiqib ketgan bo‘lsa-da, juda ommabop Samsung smartfonlarini onlayn xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: 650 000 so‘mdan boshlangan Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan oling – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi! (2018 yil 8 oktyabr)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.