Eng zo‘r protsessorli eng arzon Huawei smartfonini «jonli» suratlar va videoda tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  2154
  •  08.12.2018 17:52

Eng zo‘r protsessorli eng arzon Huawei smartfonini «jonli» suratlar va videoda tomosha qiling!

Xitoylik texnogigant o‘zining Nova 4 modelini tayyorlayotganidan xabarimiz bor. Garchi dastlab uni birinchi bo‘lib taqdim etilayotgan «teshik» ekranli smartfon, deya maqtangan bo‘lsa-da, amalda raqibi undan o‘zib ketgani haqida ham yozganmiz.

O‘QING: «Teshik» romsiz ekranga va uch modulli kameraga ega Lenovo Z5s taqdimoti keyinga surildi – kompaniya «kattalarga yo‘l berdi»

Internetda shu paytgacha Huawei Nova 4’ning bir qator «jonli» suratlari va renderlari tarqalgan. Quyida uning yangi rasmlarini e’tiboringizga havola etayotirmiz:

Ushbu fotosuratlar mazkur smartfonning asosiy o‘ziga xosligi – displeyda selfi-kamera uchun «tirqish» ochilganini ko‘rsatib turibdi. Manbaga ko‘ra, romsiz displey korpus old yuzasining 91,8 foizini egallagan.

Aytish kerakki, xitoylik texnogigantning Nova 4 modeli ham uning Mate 20 va Mate 20 Pro flagmanlari singari ilg‘or Kirin 980 protsessoriga tayanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, boshlang‘ich konfiguratsiyali Huawei Nova 4 bozorga 400 dollarlik narx bilan chiqariladi. Shunga ko‘ra, u xitoylik texnogigantning eng kuchli protsessori o‘rnatilgan eng arzon smartfon bo‘ladi.

O‘QING: AnTuTu reytingi: eng ommalashgan Android-smartfonlar va ayrimlarining Terashop.uz’dagi narxlari

Shuningdek, Huawei bu smartfonning videotizerini ham chiqargan. Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Mazkur qurilma qadoqdanoq Android 9.0 Pie operatsion tizimiga ega bo‘lishi, uning versiyalaridan kamida bittasi 5G tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlashi aytilayotir.

Huawei Nova 4 taqdimoti 17 dekabrda bo‘lib o‘tadi. Ushbu kompaniyaning ayrim rusumlardagi smartfonlarini 890 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Huawei smartfonlari narxlari (2018 yil 24 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!