Epic Games ikkita – xorror va ekshen o‘yinni 7 maygacha tekin tarqatyapti (+video)

  •   DiMaX
  •  1131
  •  01.05.2020 11:38

Epic Games ikkita – xorror va ekshen o‘yinni 7 maygacha tekin tarqatyapti (+video)

Turli o‘yin studiyalari o‘z koronavirus pandemiyasi tufayli karantin sharoitida kishilar uylarida qolishlari uchun mahsulotlarini bepul tarqatishmoqda. Masalan, XXI asrning eng zo‘r o‘yinlaridan birini 5 maygacha olib, bir umr bepul o‘ynash mumkin!

O‘QING: Hitman’ning birinchi mavsumini bepul va butunlay olib qo‘yishga shoshiling! (+video)

Epic Games studiyasi yaqinda eng ommabop o‘yinini Google Play rasmiy katalogiga chiqargan edi. Endi esa u ikkita videoo‘yinni bepul tarqatmoqda.

Bulardan birinchisi xorror (qo‘rquv, dahshat) janridagi Amnesia: The Dark Descent nomli o‘yin bo‘lib, uning syujeti Daniel ismli yigitning sarguzashtlariga asoslangan. Qahramon eski qasrda uyg‘onib, hech nimani xotirlay olmasligini payqab qoladi. Yonidan chiqqan nomada esa uning qasr yerto‘lasiga tushib, Aleksandr Brennenburgskiyni o‘ldirishi kerakligi yozilgan bo‘ladi. Biroq Danielni allaqanday Sharpa ham ta’qib etib yuradi...

Ikkinchisi esa Crashlands nomli o‘yin bo‘lib, indi-ekshen va krafting xususiyatlariga ega. Bu o‘yin aslida 7,99 dollar turadi, lekin hozirgi aksiya kunlari mana bu havola orqali uni mutlaqo bepul olishingiz mumkin.

Odatda 9,99 dollar turadigan Amnesia: The Dark Descent o‘yinini esa ushbu havola yordamida tekinga yuklab olsangiz bo‘ladi. Ushbu ikki o‘yinning ham bepul berilish vaqti 7 may kunigcha davom etadi.

O‘QING: Gameloft yubileyi sharafiga naq 30 ta Android-o‘yinni bepul beryapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.