Epic Games Store’dan ikkita o‘yinni bepul va butunlay olishga ulguring! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  1900
  •  11.04.2020 14:00

Epic Games Store’dan ikkita o‘yinni bepul va butunlay olishga ulguring! (+videolar)

Shu kunlarda kishilar o‘z uylaridan zaruratsiz chiqmasliklari uchun turli o‘yin studiyalari ham hissa qo‘shishmoqda. Masalan, Android-smartfonlarga ikkita sarguzasht o‘yinni vaqtincha bepul tarqatishyapti, yana Google Stadia servisida ikki oy pulsiz o‘ynash mumkin.

O‘QING: Poygachi, qotil va sportchi: ommabop va pulli uchta o‘yinni bepul o‘ynashga ulguring! (+video)

Koronavirus pandemiyasi tufayli karantinda zerikib qolmasligingiz uchun Epic Games Store servisi yana ikkita o‘yinni butunday bepul qilib qo‘ydi. Bularning birinchisi eng buyuk izquvar Sherlok Xolms haqidagi sarguzasht bo‘lsa, ikkinchisi stimpank dekoratsiyalariga ega xorror (dahshatli) o‘yindir.

Frogwares studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Sherlock Holmes: Crimes and Punishments (Sherlok Xolms: Jinoyat va Jazo) o‘yinida izquvar bir qator jinoyatlar zanjirini fosh etishi kerak bo‘ladi. Uning raqamli nusxasini bepul yuklab olish uchun ushbu havola orqali o‘tasiz.

O‘QING: Koronavirus hattoki Mortal Kombat’ga ham yetib keldi! (video)

Birinchi shaxs nomidan o‘ynaluvchi Close to the Sun xorror-o‘yini Rouz Archer ismli jurnalist qiz o‘zining yo‘qolgan opasini izlab, Nikola Tesla yasagan havo kemasida yo‘lga otlanadi. Close to the Sun o‘yinini o‘z kutubxonangizga qo‘shib qo‘yish uchun mana bu havola yordamida o‘tib, «Poluchit» tugmachasini bosasiz.

Eslatib o‘tamiz: yuqoridagi ikkita o‘yinning bepul taqdim etilishi 16 aprel kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 gacha davom etadi. Shungacha ularni olib ulgursangiz, keyin ham bepul o‘ynashda davom etaverasiz.

O‘QING: Siz sevgan Counter-Strike yana rekord o‘rnatdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.