Facebook hattoki Donald Trampni ham ayab o‘tirmadi!

  •   DiMaX
  •  663
  •  06.08.2020 14:16

Facebook hattoki Donald Trampni ham ayab o‘tirmadi!

Ommabop Facebook ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Trampning akkauntidan koronavirus borasida yolg‘on ma’lumotlar keltirilgan videoni o‘chirib tashladi. Bu haqda NBC News telekanali xabariga tayanib Daryo nashri ma’lum qildi.

O‘QING: Tramp shart qo‘ydi: «TikTok'ni 45 kun ichida Amerika kompaniyasiga sotishlari kerak!»

Ma’lumotlarga ko‘ra, gap Trampning Fox News telekanaliga bergan intervyusi vaqtida «bolalar koronavirusga deyarli chalinmaydi» degan video parchasi haqida ketmoqda.

«Ushbu videoda COVID-19’dan ayrim guruh insonlar himoyalangani to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot berilgan, bu bizning koronavirus borasidagi yolg‘on axborotlar tarqalishining oldini olish siyosatimizni buzish hisoblanadi», — deydi Facebook vakili Endi Stoun.

Tramp shtabining vakili Kortni Parellaning ma’lum qilishicha, prezident intervyuda faqatgina «bolalar koronavirusga kamroq uchrashi to‘g‘risidagi faktni ma’lum qilgan». Shuningdek, u Kremniy vodiysini Trampga nisbatan tarafkashlikda ayblagan.

O‘QING: Facebook butkul bepul internetni ishga tushirdi!

Ijtimoiy tarmoqlar tomonidan Trampning postlari birinchi marotaga o‘chirib yuborilmayapti. Xususan, iyun oyida Facebook uning siyosiy kampaniyasiga tegishli qator reklama e’lonlarini o‘chirib tashlagan edi. Bunga e’londa foydalanilgan ramzlardan biri — teskari qizil uchburchak — natsistlar tomonidan foydalanilgan ramzga o‘xshaganligi sabab bo‘lgan. Konslagerlarga bu orqali siyosiy mahbuslar va kommunistlarni belgilashgan.

Avvalroq Twitter, Facebook va YouTube ijtimoiy tarmoqlari koronavirusga qarshi dori vositasi mavjudligini ta’kidlagan bir guruh shifokorlarning videosini o‘chirib tashlagan edi. Ushbu videoni AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali bo‘lishgan, ijtimoiy tarmoq esa uni «ishonchsiz ma’lumot» deya o‘chirib yuborgan.

O‘QING: Apple’ning «aqlli» yordamchisi Donald Trampni butun dunyoga sharmanda qildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!