Facebook mobil ilovasi ko‘pchilik kutgan rejim bilan yangilanyapti

  •   DiMaX
  •  1053
  •  29.06.2020 10:41

Facebook mobil ilovasi ko‘pchilik kutgan rejim bilan yangilanyapti

Bir qator ijtimoiy tarmoq va messenjer ilovalariga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasi asta-sekinlik bilan ularga to‘qrang interfeysni qo‘shib kelmoqda. Tungi rejim allaqachon WhatsApp, Instagram, Facebook Messenger kabilarda mavjud.

O‘QING: Zoom’ning endi keragi yo‘q: Facebook’ning bepul Messenger Rooms servisini qarshi oling! (+video)

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining desktop versiyasida ham to‘qrang rejim joriy etilgan, nihoyat, ushbu opsiya uning mobil ilovasiga ham qo‘shila boshladi. Tungi rejim hozircha iOS tizimi uchun chiqarilgan Facebook kliyentiga, shunda ham bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Ilovasiga ushbu opsiya kelgan foydalanuvchilar esa uning skrinshotlarini Twitter’da ulashishga tushib ketishgan:

Facebook’ning to‘qrang rejimi barcha ayfonlarga qachon joriy etilishi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqning Android kliyentiga qachon chiqishi hozircha noma’lum.

Darvoqe, kuni kecha e’lon qilingan eng innovatsion kompaniyalar reytingida Facebook qaysi o‘rinda turishini bilasizmi? Tag‘in u koronavirusdan foyda olayotgan IT-kompaniyalar top-o‘ntaligiga ham kirgan. Kompaniya asoschisi Mark Sukerberg pandemiya davrida o‘z boyligini 25.3 milliard dollarga oshirib olgan. Lekin Telegram asoschisi Pavel Durov uni sudga bermoqchi bo‘lib yuribdi.

O‘QING: Telegram’da sizga foydali o‘zgarish yuz berdi, lekin bunga Facebook’ning nima daxli bor?