Facebook o‘z ilovasini ishlatganlarga oyiga 20 dollardan pul to‘layapti, lekin evaziga...

  •   DiMaX
  •  3442
  •  30.01.2019 18:14

Facebook o‘z ilovasini ishlatganlarga oyiga 20 dollardan pul to‘layapti, lekin evaziga...

Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqqa hamda bir nechta messenjerga egalik qilayotgan Facebook foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plashda chegara bilmayotir. TechCrunch resursi e’lon qilgan yangi ma’lumotlarda uning ushbu yo‘nalishdagi yana bitta loyihasi fosh etilgan.

O‘QING: WhatsApp’dan foydalaning. Telegram, Facebook Messenger va Google Allo’ga ishonch yo‘q!

Ma’lum bo‘lishicha, Facebook kompaniyasi 2016 yildan beri ayrim foydalanuvchilarga Facebook Research ilovasini o‘rnatgani uchun haq to‘lab kelmoqda. Bu dastur o‘ziga xos VPN serveri sanaladi, lekin uning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, foydalanuvchining deyarli barcha shaxsiy ma’lumotlariga kira oladi!

Facebook Research ilovasini o‘rnatganligi va ishlatayotganligi uchun kompaniya foydalanuvchilarga oyiga 20 dollardan berib keladi. Ammo buning evaziga Facebook ularning juda ko‘p maxfiy ma’lumotlarini oladi.

O‘QING: Facebook va Youtube bir kun bloklanishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qancha zarar yetkazadi?

Guardian Mobile Firewall kompaniyasining xavfsizlik bo‘yicha mutaxassisining so‘zlariga ko‘ra, Facebook bu ilova orqali foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi yozishmalarini, jo‘natgan va qabul qilgan video hamda suratlarini, elektron xatlarini, brauzer tarixini, joylashuvini va boshqa ma’lumotlarini to‘liq ko‘rib boradi.

TechCrunch nashrida bu haqdagi maqola chop etilgach, Facebook darhol ushbu ilovaning iOS tizimlaridan olib tashlangani haqida bayonot bergan. Lekin Androidtizimi uchun Facebook Research dasturi hamon amal qilmoqda. Kompaniyaning ta’kidlashicha, mazkur ilova kishilar internetdan qanday foydalanishayotganini yanada yaxshiroq tushunib olishi uchun xizmat qiladi.

Terabayt.uz saytida Facebook kuzatuvini cheklash yo‘llari, bu ta’qibdan himoyalovchi maxsus kengaytma, bu kompaniya qanday josuslik qilayotgani haqida bir qator maqolalar e’lon qilingan.

O‘QING: Facebook tan oldi: u Android-smartfonlardagi qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlarni kuzatmoqda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!