Galaxy A turkumi raqibi – 64 MPlik kameraga ega Redmi A Series smartfonlari chiqadi!

  •   DiMaX
  •  1093
  •  18.06.2019 16:54

Galaxy A turkumi raqibi – 64 MPlik kameraga ega Redmi A Series smartfonlari chiqadi!

Xiaomi kompaniyasining Redmi subbrendi 48 megapiksellik kamera moduliga ega ilk smartfon – Redmi Note 7 (sotib olish) modelini taqdim etgandi. Kuni kechagina u yana shu jihatdan rekordchi – bosh kamerasi 64 megapiksellik sensorli qurilma tayyorlayotgani aytilgan.

O‘QING: Redmi'ning navbatdagi smartfoni sizga yoqishi tayin!

Ushbu xabarni bugun yana bir «adashmas» insayder – Mukul Sharma (Mukul Sharma) ham tasdiqladi. Bugina emas, balki u mazkur brendning yangi turkumda – Redmi A Series smartfonlarini chiqara boshlashini ham aytgan. Ulardan biri (ehtimol – birinchisi) xuddi o‘sha 64 megapiksellik kamera datchigiga ega bo‘ladi.

Afsuski, yangi turkum smartfonlari haqida boshqa biror ma’lumot yo‘q, ammo taxminlar bor. Ya’ni, Redmi A turkumi vakillari aynan janubiy koreyalik smartfonsozning Galaxy A seriyasidagi qurilmalari bilan raqobatga kirishadi. Masalan, Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro modellarini shunday nomlashdan Xiaomi ko‘zlagan maqsad – ularning Huawei kompaniyasining Honor 20 va Honor 20 Pro flagmanlariga raqobatchi ekanini ta’kidlash bo‘lgan.

Biroq yangi seriyadagi smartfonlarning taqdimot va savdoga chiqish vaqti borasida ham hozircha aniq gap yo‘q. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor. Ulardan aksariyatining narxlari ancha pasaytirilgan, shuningdek, ayrimlarini endi pul o‘tkazish (perechisleniye) yo‘li bilan ham olishingiz mumkin!

O‘QING: Redmi Note 7, Mi 9 SE va Mi Play arzonlashdi – Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishing! (2019 yil 17 iyun)