Galaxy A70 haqida ilk ma’lumotlar: Infinity-U displey, uchtalik kamera va quloqchin tirqishi bor!

  •   DiMaX
  •  3229
  •  11.03.2019 17:22

Galaxy A70 haqida ilk ma’lumotlar: Infinity-U displey, uchtalik kamera va quloqchin tirqishi bor!

Samsung rasmiy saytida kuni kecha o‘rta narxli Galaxy A turkumidagi uchta yangi smartfon sahifasi paydo bo‘lgan edi. Kompaniya ularning safini yana bitta model bilan kengaytirmoqchi.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A20e, Galaxy A40 va Galaxy A90 taqdimoti yaqin – ular allaqachon Samsung saytiga chiqdi!

Galaxy A70 rusumli ushbu smartfon uchun tayyorlangan g‘iloflarning render suratlarini 91mobiles nashri e’lon qildi. «Sizib chiqqan» ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur gadjet keng formatli, Infinity-U turidagi displeyga ega. Shuningdek, uni Galaxy A50 modelidagi kabi uch modulli bosh kamera bilan jihozlashadi. G‘ilofda barmoq izi skaneri uchun joy ochilmagan – shunga ko‘ra, uni ekranning o‘ziga integratsiya qilishsa kerak.

Bundan tashqari, Galaxy A70 korpusida quloqchin uchun standart audiotirqish ham ajratilgan. Smartfonning 4400 mA/soatlik batareyasi esa tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lib, zamonaviy USB-C porti orqali zaryadlanadi.

Samsung ushbu mahsulotini joriy yilning birinchi yarmida taqdim etishi kutilmoqda. Uning jahon bozoriga rasman taqdim etilgan aksariyat smartfonlarini esa 859 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni bor. Ayniqsa, hozirda mazkur internet-do‘kondan xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Galaxy S10e avtonomligini ham iPhone XR bilan solishtirib ko‘rishdi. Afsus...