Galaxy A71 kutilganidan ham qimmat bo‘lib chiqdi!

  •   DiMaX
  •  18361
  •  21.12.2019 13:33

Galaxy A71 kutilganidan ham qimmat bo‘lib chiqdi!

Samsung kompaniyasi o‘tgan haftada o‘zining Galaxy A51 smartfonini namoyish etgandi. Shu bilan birga, u yana Galaxy A71 modelining ham anonsini bergan, ammo narxini aytmagandi.

O‘QING: Samsung aytmasayam, yangi yilgacha chiqadigan Galaxy S10 Lite narxi va xususiyatlari fosh bo‘ldi

Galaxy A71 smartfonining «ajdod»i – Galaxy A70 modeli o‘rtacha 450 dollarga narxlangan, agar yangisining bahosi ham shu atrofda bo‘lsa, ommalashuvi qiyin, degandik o‘shanda. Hindistonlik insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) ma’lum qilishicha, Samsung bu modelini undan ham qimmat sotmoqchi. Twitter orqali yozishicha, Galaxy A71 narxi 490 yevroga teng bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy A71 modeli Snapdragon 730 protsessoriga, 6 yoki 8 GBlik tezkor va 128 GBlik doimiy xotiraga ega. Biroq yuqoridagi gap to‘g‘ri bo‘lsa, xaridorlar uni talashib olishmasligi turgan gap.

O‘QING: TOP-5: The Guardian nazdida 2019 yilgi eng zo‘r smartfonlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!