Galaxy A8s’ning teshik ekranini ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  3113
  •  19.11.2018 11:27

Galaxy A8s’ning teshik ekranini ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

Samsung kompaniyasi joriy yilning oktyabri oxirida Xitoyda o‘tkazgan tadbirida Galaxy A9s hamda Galaxy A6s modellarini namoyish etgandi. Shu bilan birga, ushbu marosimda u mutlaqo yangicha texnologiyaga ega Galaxy A8s smartfonini ham tayyorlayotganini aytgan.

O‘QING: Samsung sirli yangi texnologiyasini ilk bor sirli Galaxy A8s smartfonida qo‘llamoqda! (+«jonli» surat)

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A8s modelining displeyida old kamera uchun tirqish mavjud. O‘shanda bu ekranga o‘rnatiluvchi himoya oynasining rasmi e’lon qilingan bo‘lsa, endi insayderlar displeyning ham «jonli» suratini tarqatib yuborishdi:

Afsuski, hozircha Galaxy A8s haqida batafsil ma’lumot yo‘q – uning na taqdimot vaqti, na narxi ma’lum emas. Ehtimol, Samsung bu modelni faqat Xitoy bozorigagina chiqarar; zero, uning Galaxy A turkumiga mansub, nomida «S» qo‘shimchali barcha smartfonlari «Osmon osti saltanati»ga mo‘ljallangan.

O‘QING: «Galaxy S10 dizayni qanaqa o‘zi!?» – mashhur insayderlar talashib qolishdi!

Darvoqe, janubiy koreyalik texnogigant o‘zining romsiz smartfonlarida «kemtik»li va tirqishli ekranni turli variantlarda qo‘llashni ko‘zlagan. Mana, kompaniya ularni Infinity-U, Infinity-V, Infinity-O va New Infinity deb nomlagan:

Aytish kerakki, turli rusumlardagi Samsung smartfonlarini 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!