Galaxy A8s’ning yana bir raqibi – «teshik» ekranli Lenovo Z5s «jonli» surati bilan fosh etildi!

  •   DiMaX
  •  982
  •  28.11.2018 12:03

Galaxy A8s’ning yana bir raqibi – «teshik» ekranli Lenovo Z5s «jonli» surati bilan fosh etildi!

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy A8s smartfonida yangi texnologiyani ilk bor qo‘llashi – old kamerani ekranda o‘yilgan «tirqish»ga joylashini ma’lum qilgandi. Ammo undan ham avval Huawei hali taqdim etilmagan Nova 4 modelida shu usulni qo‘lladi, yana bitta smartfonsoz ham undan avval shunday qurilmasini taqdim etishi mumkin...

O‘QING: Meizu 16S flagmanining surati e’lon qilindi: uch modulli kamera va... «tirqish»li ekran!

Bulardan tashqari, keyingi paytlarda shov-shuvlar bilan taqdimotlar qilayotgan Lenovo kompaniyasi ham koreyaliklardan avval «teshik» ekranli Z5s smartfonini taqdim etadigan bo‘lib turibdi. Taniqli insayderlardan biri o‘z Twitter-akkaunti orqali Lenovo Z5s smartfonining rasmiy posterini e’lon qildi.

Tasvirga ko‘ra, ushbu qurilma ham xuddi Samsung Galaxy A8s hamda Huawei Nova 4 modellaridagi singari ekran «tirqish»i ostidan ish olib boruvchi selfi-kameraga ega. Ulardan farqli ravishda, Lenovo Z5s old kamerasi uchun displeyning burchagi emas, balki o‘rtasi «teshilgan».

O‘QING: Mi Mix 3 va Honor Magic 2’ga o‘xshash, lekin atigi 288 dollarlik Lenovo Z5 Pro rekord o‘rnatdi!

Lenovo Z5s texnik jihatlari borasida ko‘p narsa ma’lum emas, faqat keng formatli 6.3 dyuymlik displey bilan jihozlanishigina aniq. Ekranning tasvir aniqligi Full HD+ formatida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Smartfonning «quvvat toshi» – 3210 mA/soatlik akkumulyator, «elektron yuragi» – Qualcomm kompaniyasining 600 yoki 700-seriyadagi Snapdragon protsessori bo‘lishi mumkin. Shuningdek, trendga uyg‘un tarzda asosiy kamerasining uch modulga ega bo‘lishini ham aytishmoqda.

Mana, uning TENAA saytida e’lon qilingan «jonli» suratiga nazar solamiz:

Mazkur devays ham dekabrda namoyish etiladi, ammo taqdimotning sanasi hozircha noma’lum. Nima bo‘lganda ham, Lenovo Z5s janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy A8s modeliga asosiy raqiblardan biri sifatida maydonga tushadi. Bu smartfonlarning narxlari borasida ham aniq ma’lumot yo‘q, lekin Samsung’ning hozirgacha bozorga taqdim etgan turli rusumlardagi smartfonlarini Terashop.uz internet do‘konimizda 899 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Chegirmali Samsung smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 21 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!