Galaxy A90 – kamida uchta jihatiga ko‘ra flagmanlardan ham zo‘r 5G-smartfon!

  •   DiMaX
  •  6536
  •  22.06.2019 11:06

Galaxy A90 – kamida uchta jihatiga ko‘ra flagmanlardan ham zo‘r 5G-smartfon!

Joriy yilning bahorida Samsung kompaniyasi o‘rta narxli smartfonlar turkumiga mansub Galaxy A90 smartfonini chiqarayotgani haqida xabarlar ko‘paydi. Ammo o‘sha paytda tayyorlangan qurilmasini janubiy koreyaliklar Galaxy A80 modeli sifatida taqdim etishdi.

O‘QING: G‘ayrioddiy kamerali Galaxy A90 ilk videorolikda: u kutilganidan boshqacharoq ekan!

Endi esa kompaniya chindan ham Galaxy A90 rusumli smartfoni ustida ishlamoqda va uni hatto o‘zining Galaxy S10 flagmanida ham mavjud bo‘lmagan kamida uchta xususiyat bilan boyitayotir.

Birinchidan, Galaxy A90 modeli flagman bo‘lmagan smartfonlar orasida birinchi bo‘lib 5G moduli bilan ta’minlanadi! Bu esa, unda ilg‘or Snapdragon 855 protsessori qo‘llanadi, deganidir – chunki Snapdragon 700 seriyasida hali 5G-modemli chipset chiqarilmagan.

O‘QING: Atigi 289 dollarlik 5G-smartfon iyundayoq chiqadi va keyin u 145 dollargacha arzonlashadi!

Ikkinchidan, Samsung ushbu smartfonida ilk bora 45 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasini joriy etayotir. Galaxy S10 (sotib olish) flagmanlariga ham 25 vattlik quvvatlash joriy etilganini hisobga olsak, o‘rta toifadagi smartfon uchun bu – zo‘r ko‘rsatkich. Bu haqda Twitter tarmog‘ida Ice Universe nikli insayder xabar bermoqda.

O‘rni kelganda eslab o‘tsak arziydi: tezkor quvvatlash texnologiyalari bo‘yicha xitoylik smartfonsozlar ancha oldinlab ketishgan. Masalan, Xiaomi tayyorlagan Super Charge Turbo texnologiyasida 100 vattlik asosda smartfonning 400 mA/soatlik akkumulyatorini 17 daqiqada to‘ldiradi. Vivo taqdim etayotgan Super FlashCharge 120W texnologiyasida esa rekord darajali – 120 vattlik zaryadlash usuli qo‘llanadi!

O‘QING: Smartfonni endi 13 daqiqadayoq 100 foizga quvvatlash mumkin bo‘ladi! (+video)

Galaxy A90 smartfoniga qaytadigan bo‘lsak, uning uchinchi flagmancha xususiyati kamerasi bilan bog‘liq. Xabarlarga ko‘ra, uning bosh kamerasi uch modulli bo‘lib, ularning asosiysi 32 megapiksellik sensor bo‘ladi.

Afsuski, hozircha Galaxy A90 qachon namoyish etilishi va narxi ma’lum emas, biroq kompaniyaning Galaxy Note 10 fabletlari taqdimot sanasi haqida yozganmiz. Allaqachon global savdoga chiqqan ayrim Samsung telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: 2019 yilning eng zo‘r 10 smartfoni («Roskachestvo» talqini) va narxlari