Galaxy F buklama smartfoni: uchtalik kamera, mutlaqo yangi – Sony IMX374 datchigi!

  •   DiMaX
  •  1059
  •  07.01.2019 08:58

Galaxy F buklama smartfoni: uchtalik kamera, mutlaqo yangi – Sony IMX374 datchigi!

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining buklanuvchi smartfonini o‘tgan yilning noyabrida ilk bor ommaga ko‘rsatdi. Biroq bu prototip bo‘lib, keyinchalik uning videosi va batafsil ma’lumotlari ham chiqdi. Lekin inqilobiy smartfonning to‘laqonli taqdimoti bu yil mart oyida bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Galaxy F buklama smartfoni tannarxini Galaxy S9+ hamda iPhone XS Max’niki bilan solishtiramiz!

Yangi «sizib chiqqan» xabarlar Samsung Galaxy F smartfonining kamerasi haqida yangi ma’lumotlar bermoqda. Insayderlarga ko‘ra, ushbu qurilma ham Galaxy S10+ flagmanidagi singari uch modulli kamera bilan jihozlanadi.

Asosiysi – bu ob’yektivlardan biri hali taqdim etilmagan Sony IMX374 sensori bo‘ladi. Bu datchik haqidagi eslatmani proshivka fayllaridan topishgan, uning yonida esa Winner so‘zi bor ekan. Xabaringiz borki, bu – aynan Samsung buklama smartfonining kodli nomidir.

Ba’zi manbalarga ko‘ra esa, Sony’ning ushbu mutlaqo yangi datchigi Galaxy F smartfonlarining barchasida bo‘lmaydi. Uning ayrim mamlakatlar bozoriga mo‘ljallangan versiyasi Samsung’ning o‘z ishlanmasi bo‘lgan ISOCELL optik sensori bilan jihozlanadi.

Sony IMX374 moduli haqida hozircha hech qanaqa ma’lumot yo‘q, ehtimol, bu datchikni Galaxy S10 flagmani bilan birga taqdim etishsa kerak. Mazkur namoyish esa fevralning so‘ngidagi MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: Ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi Mix Flex buklama smartfonini «jonli» tomosha qiling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!