Galaxy F52 5G sotuvga chiqyapti: eng chaqqon xaridorlarga sovg‘a bor!

  •   DiMaX
  •  892
  •  18.05.2021 15:01

Galaxy F52 5G sotuvga chiqyapti: eng chaqqon xaridorlarga sovg‘a bor!

Samsung kompaniyasi Galaxy F52 5G rusumli smartfon tayyorlayotgani yaqindagina ma’lum bo‘lgan. Hali rasmiy namoyishi bo‘lib o‘tmagan esa-da, biz uning «jonli«jonli» suratlari va ayrim texnik jihatlarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Galaxy A22 5G hamda Galaxy A22 4G suratlari va xususiyatlari chiqdi

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy F52 5G smartfoni uchun 20 may sanasidan Xitoyda oldindan buyurtma ochiladi. Keyingi oyning boshida – 1–3 iyun kunlari uning ochiq savdolari ham boshlanadi.

Quyidagi rasmiy posterga ko‘ra, ilk xaridorlarga hadya sifatida aqlli tarozi ham qo‘shib berishadi:

Aytish kerakki, Galaxy F52 5G modeli ushbu seriyaning Xitoydagi ilk vakili bo‘ladi. Bungacha esa Galaxy F turkumi smartfonlari faqatgina Hindistonda sotilib kelayotir.

Mazkur qurilmaning texnik jihatlari Galaxy A52 5G modeliniki bilan bir xil bo‘lib, mana bu tavsifimizda ularni batafsil bayon etganmiz.

O‘QING: Samsung’ning eng oshkor siri: insayderlar allaqachon Galaxy A82 5G rasmiy videosini ham tarqatishdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.