Galaxy S10+ tezkorroqmi yoki iPhone XS Max? «Jonli» testda taqqoslab ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  3160
  •  19.03.2019 12:26

Galaxy S10+ tezkorroqmi yoki iPhone XS Max? «Jonli» testda taqqoslab ko‘ramiz!

Samsung kompaniyasi Galaxy S10 turkumidagi flagmanlarini taqdim etgach, ularni asosiy raqobatchi – iPhone’lar bilan turli jihatlariga ko‘ra solishtira boshlashdi. Jumladan, janubiy koreyaliklarning smartfonlarining drop-testda iPhone XS Max bilan taqqoslangani haqidagi videoni e’lon qilganmiz.

O‘QING: Galaxy S10+ avtonomlikda iPhone XS Max’ga yengildi, lekin ikkalasini ham boshqa xitoylikning bulturgi flagmani «yer tishlatdi»!

Videobloger PhoneBuff e’lon qilgan samaradorlik sinovi esa Galaxy S10+ (xarid qilish) hamda iPhone XS Max (sotib olish) modellarining tezligini o‘zaro solishtirishga bag‘ishlangan. Unda Samsung flagmani iPhone XS Max modelidan umumiy hisobda 16 soniyaga tezkorroq chiqqan:

PhoneBuuf’ning ta’kidlashicha, u aniq natijalarga erishish uchun to‘qqizta sinovni bir necha kun davomida o‘tkazgan.

O‘QING: Galaxy S10e avtonomligini ham iPhone XR bilan solishtirib ko‘rishdi. Afsus...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!