Galaxy S11’ni esdan chiqaring – o‘rniga Galaxy S20 tayyor!

  •   DiMaX
  •  2809
  •  25.12.2019 10:23

Galaxy S11’ni esdan chiqaring – o‘rniga Galaxy S20 tayyor!

Yetakchi smartfonsoz o‘zining Galaxy S11, Galaxy S11e hamda Galaxy S11+ flagmanlarini taqdimotga tayyorlayotganidan xabaringiz bor. Yaqindagina biz ularning tashqi ko‘rinishini fosh etuvchi «jonli» suratlarni e’lon qilgandik.

O‘QING: Galaxy S11 flagmanlari ertaroq namoyish etiladi – MWC 2020’ni ham kutmaymiz!

Lekin taniqli tarmoq informatori Ice Universe kecha – 24 dekabrda Twitter orqali kutilmagan chiqish qildi. O‘z tvitida u shunchaki «Galaxy S20» deb yozgan – bor-yo‘g‘i shu!

Bundan anglashiladiki, Samsung o‘zining flagman smartfonlari turkumini Galaxy S11 deb emas, balki buyog‘iga Galaxy S20, Galaxy S30... tarzida nomlaydi. Nima ham derdik, Ice Universe yuqoridagi ikkinchi tvitida ta’kidlaganidek, «2020 yilda Galaxy S20» – zo‘r yangraydi!

O‘QING: Ideal emas, lekin arzon: Galaxy Note 10 Lite narxi va xususiyatlari, namoyish kuni aniq bo‘ldi

Bu xabarning tasdig‘i Hindiston standartlar byurosi ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, mamlakatning ushbu regulyatorida Samsung Galaxy S20 flagmani SM-G980F model raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

Taxminlarga ko‘ra, flagman uch xil versiyada, ya’ni Galaxy S20, Galaxy S20e va Galaxy S20 Plus modellari sifatida taqdim etiladi. Shuningdek, Hindiston regulyatori uning 5G tarmog‘ini qo‘llovchi hamda 4G’gacha bo‘lgan standartlarda ishlovchi versiyalari mavjudligini tasdiqlagan.

O‘QING: Speedtest sinovi: Samsung, Apple va Huawei – qay birida internet eng tezkor?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!