Galaxy S21, S21 Plus va Galaxy S21 Ultra o‘lchamlarini taqqoslab ko‘rsatuvchi birinchi «jonli» foto!

  •   DiMaX
  •  2835
  •  07.12.2020 17:51

Galaxy S21, S21 Plus va Galaxy S21 Ultra o‘lchamlarini taqqoslab ko‘rsatuvchi birinchi «jonli» foto!

Jahon bozorida Snapdragon 888 5G protsessorli birinchi smartfon Galaxy S21 turkumidagi flagmanlar bo‘ladi. Ishonchli insayder Jon Prosser (Jon Prosser) ta’kidlashicha, Samsung ularni 14 yanvar kuni rasman namoyish etadi. Lekin kuni kecha...

O‘QING: Galaxy S21 allaqachon Snapdragon 888 protsessori bilan Geekbench’da... sharmanda bo‘ldi!

Ice Universe nikli tarmoq informatori avvalroq Galaxy S21 Ultra suratini ko‘rsatgan va uning qolgan ikki sherigi – Galaxy S21 hamda S21 Plus modellaridan farqini aytgan edi. O‘sha ma’lumotning to‘g‘ri ekanligini internetda tarqalgan rasm tasdiqladi – unda Samsung tayyorlayotgan shu uchala flagmanning himoya shishalari «jonli» aks ettirilgan.

Ko‘rib turganingizdek, Samsung Galaxy S21 hamda Galaxy S21+ ekrani yassi, Galaxy S21 Ultra displeyining esa ikki chekkasi sal qayrilgan. Shuningdek, suratda ulardan har birining o‘lchami ham yozilgan – smartfonlar tegishlicha 6,3 dyuymlik, 6,7 dyuymlik va 6,9 dyuymlik ekranga ega:

Insayderlarga ko‘ra, har uchala modelning displeyi 120 gerslik chastotada kadr yangilanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin flagmanlarning faqat eng ilg‘ori – Galaxy S21 Ultra versiyasining ekrani stilus bilan ishlay oladi. Biroq uning korpusida stilus uchun joy bo‘lmaydi, uni g‘ilofga mahkamlab qo‘yishga to‘g‘ri keladi.

Galaxy S21 turkumi vakillarining faqatgina Xitoy va AQSh bozoriga mo‘ljallangan versiyalarida Snapdragon 888 chipseti qo‘llanadi. Qolgan hududlar uchun chiqadiganlariga esa Samsung o‘zining Exynos 2100 protsessorini o‘rnatadi.

O‘QING: Galaxy S20 olishga shoshilmang – Galaxy S21’lar undan arzon chiqadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.