Galaxy Watch 3 xususiyatlari va ilk «jonli» suratlari tarqaldi

  •   DiMaX
  •  784
  •  17.06.2020 10:50

Galaxy Watch 3 xususiyatlari va ilk «jonli» suratlari tarqaldi

Samsung kompaniyasi yangi avlod aqlli soatini harbiy himoya, mexanik gardish, EKG va qon bosimi datchigi bilan ta’minlayotgani haqida yozganmiz. SamMobile nashri esa uning texnik xususiyatlari haqidagi batafsil ma’lumotlarni va haqiqiy fotosuratlarini e’lon qildi.

O‘QING: Samsung loviyasimon simsiz quloqchini va yana bir devaysini Galaxy Note 20’lardan oldin chiqaradi (+video)

Kutilganidek, kompaniya Galaxy Watch 3 modelini korpus o‘lchmiga ko‘ra ikki xil – 41 millimetrlik va 45 millimetrlik variantlarda chiqaradi. Ularning displeylari esa tegishlicha diagonaliga 1.2 va 1.4 dyuymlik o‘lchamda. Ya’ni, uchinchi avlod smartvotchlar ekranlari original Galaxy Watch’nikidan 0.1 dyuymga kattaygan, ammo korpusi ixchamlashgan – tegishlicha 41x42.5x11.3 va 45x46.2x11.1 dyuymlik.

Galaxy Watch 3 mexanik romga ega bo‘lib, buni quyidagi rasmlar ham tasdiqlaydi:

Har ikkala variantdagi smart-soatni xohishga ko‘ra zanglamaydigan po‘latdan yoki titandan qilingan korpusda xarid qilish mumkin bo‘ladi. Barchasida bir xilda 8 gigabaytlik ichki xotira, LTE, NFC, GPS, EKG datchigi, qon bosimini o‘lchash funksiyasi, IP68 standartida suvdan himoya hamda MIL-STD-810G harbiy standartiga mos zarbadan muhofaza mavjud.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Watch 3 smart-soatini Samsung keyingi oydayoq, butkul simsiz Galaxy Buds Live quloqchini bilan birga namoyish etadi. Ularning narxlari haqida hozircha ishonchli biror ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Realme ilk smart-soatini chiqardi: narx va jihatlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!