Hali 5G tarmog‘i joriy etilmay turib, LG allaqachon 6G-internet ustida ishlamoqda!

  •   DiMaX
  •  1181
  •  29.01.2019 13:24

Hali 5G tarmog‘i joriy etilmay turib, LG allaqachon 6G-internet ustida ishlamoqda!

Jahon bo‘ylab ayrim uyali aloqa operatorlari beshinchi avlod tarmog‘ini ishga tushirish ustida bosh qotirishmoqda. Ayrim smartfonsozlar esa bu tarmoqni qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalar yarata boshlashgan.

O‘QING: Vivo Apex 2019 taqdim etildi: Snapdragon 855 chipli, umuman tirqishsiz va tugmachasiz ilk 5G-smartfon!

Bu orada LG kompaniyasi yanada uzoqni ko‘zlab ish tutayotir – u allaqachon 6G-internet yaratishga kirishgan! Mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar va dastlabki ishlar bilan uning KAIST ilg‘or texnologiyalar instituti qoshidagi tadqiqot markazi shug‘ullanadi.

LG muhandislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 6G texnologiyasi taxminan besh yillardan so‘ng paydo bo‘lishi kerak. Ungacha 5G standarti allaqachon rivojlanib, barcha rivojlangan mamlakatlarga kirib keladi va foydalanuvchilar uchun keng ko‘lamda taqdim etilayotgan bo‘ladi.

O‘QING: 4G va 5G’ni amalda o‘zaro taqqoslab ko‘rishdi: kutilmagan natija!

Rejaga ko‘ra, yangi texnologiya internetni tezlashtirishga emas, balki ko‘proq ulanishlarning barqarorligiga va stansiyalarning amal qilish doirasi kengligiga mo‘ljallanadi.

LG’ning telekommunikatsion tarmoqlar texnologiyalari sohasidagi tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishini kompaniya texnik direktori Pak Il-Yun rasman tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhandislar yaqin ikki yil ichida yangi standart bo‘yicha tayyor yechimlarni ko‘rsatishadi, keyin esa hamkorlar bilan birgalikda oltinchi avlod tarmoqlari uchun jihozlar ishlab chiqishga kirishiladi.

O‘QING: Niderlandiyada yuzdan ortiq qushning o‘limiga sabab bo‘lgan 5G sinovini UzMobile O‘zbekistonda ham o‘tkazdi