Hali taqdim etilmagan Google Pixel 3 XL kamerasini iPhone XS Max bilan taqqoslab ko‘rishdi. Natijalar hayratlanarli!

  •   DiMaX
  •  1282
  •  06.10.2018 15:25

Hali taqdim etilmagan Google Pixel 3 XL kamerasini iPhone XS Max bilan taqqoslab ko‘rishdi. Natijalar hayratlanarli!

Google kompaniyasining Pixel 3 hamda Pixel 3 XL smartfonlari taqdimoti 9 oktyabrga mo‘ljallangan. Ammo hozirgacha ularning ko‘plab xususiyatlari fosh bo‘lgan, «jonli» rasm va videolari chiqqan, hatto sotuvga ham qo‘yilgan!

O‘QING: Taqdim etilmagan Google Pixel 3 XL allaqachon «qora bozor»da sotilyapti! (+«jonli» video va suratlar)

Shuningdek, Google Pixel 3 XL hamda iPhone XS Max smartfonlari fotokameralarining imkoniyatlari taqqoslangan birinchi sinov natijalari e’lon qilindi. Quyidagi suratlarda ularga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin:

Ko‘rib turganingizdek, ilk suratda Google Pixel 3 XL kamerasida oq rangning balansi yaxshi berilgan va u real tasvirga juda yaqin. Quyidagi ikkinchi rasmda ham bitta manzaraning o‘zi «qidiruv giganti»ning flagmani tushirgan variantda yaxshiroq ko‘rinadi.

Aytish kerakki, yuqorida suratlar nisbatan kichraytirgan holda joylangan. Ularni to‘laqonli o‘lchamda tomosha qilish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

Darvoqe, mazkur flagmanlaridan tashqari, Google taqdimotga yana bitta antiqa gadjet ham tayyorlagan...

O‘QING: Google arzon mini-smartfon ham taqdim etyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.