Hali taqdim etilmagan Honor Watch’ni ilk suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  520
  •  30.10.2018 13:51

Hali taqdim etilmagan Honor Watch’ni ilk suratlarda ko‘ramiz!

Xitoylik texnogigantga qarashli Honor kompaniyasi 31 oktyabrga taqdimot marosimi belgilagan. Ushbu anjumanda u Honor Magic 2 rusumli flagman smartfoni, Honor Water Play 8 plansheti hamda Honor Watch smart-soatini rasman namoyish etadi.

O‘QING: Honor flagman smartfoni bilan birga «aqlli» soat ham tayyorlabdi!

Honor Watch’ning birinchi rasmlarini boyagina Angliyaning T3 resursi e’lon qildi. Suratlarga qaraganda, ushbu «aqlli» soat tashqi ko‘rinishidan Huawei Watch GT smartvotchini eslatadi, faqat dizayni sport uslubiga moyilroq.

Ko‘rib turganingizdek, Honor Watch ham ikkita boshqaruv tugmachasiga ega. Uning silikondan ishlangan tasmachasi esa qora-qizil rangda.

O‘QING: Shveysariyaliklar Apple Watch’ga javoban «anti-aqlli soat» ishlab chiqarishdi

Honor brendi ostidagi smart-soat Huawei dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan Lite OS operatsion tizimiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Mazkur gadjet yurak urishini o‘lchovchi TrueSeen 3.0 skaneriga, joylashuvni aniqlovchi GPS hamda kontaktsiz to‘lovga mo‘ljallangan NFC modullariga ega bo‘lishi aytilgan. Yana mish-mishlarga ko‘ra, akkumulyatori kuchli bo‘lib, barcha funksiyalari yoqiq holida ham quvvati 7 kunga yetadi.

Honor Watch sotuvga qachon chiqishi hozircha aniq emas, narxi esa taxminan 200 AQSh dollari atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa ayrim kompaniyalarning turli rusumlardagi smart-soatlari va «aqlli» bilaguzuklarini onlayn tarzda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: LG Watch W7 – bitta quvvat bilan 100 kungacha ishlovchi gibrid smart-soat!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!