Ham ayfon, ham aypad bo‘la oluvchi iPhone X Fold buklama smartfoni suratlarda!

  •   DiMaX
  •  1754
  •  26.02.2019 17:30

Ham ayfon, ham aypad bo‘la oluvchi iPhone X Fold buklama smartfoni suratlarda!

Kuzatuvchilarning fikricha, Samsung Galaxy Fold hamda Huawei Mate X qurilmalarining taqdimoti smartfonsozlikda yangi davrni boshlab berdi. Ammo ulardan ham avval uncha tanilmagan xitoylik kompaniya shunaqa modelini sotuvga chiqarib ham ulgurgandi.

O‘QING: Oppo ham o‘z buklama smartfonini ko‘rsatdi!

Ushbu trendga Apple ham qo‘shilishi kerak, ammo u o‘zining bukiluvchi sobil qurilmasini 2020 yildagina namoyish etishi mumkin. Shunga qaramasdan, dizaynerlar uning konseptlarini taqdim eta boshlashgan.

Foldable News nashri buklama ayfon – norasmiy tarzda iPhone X Fold deb atalayotgan qurilmaning uch o‘lchamli modeli suratlarini e’lon qildi. Ularni insayderlar ma’lumotlari va turli mish-mishlarga asoslangan holda dizayner Roy Gilsing (Roy Gilsing) yaratgan.

Samsung Galaxy Fold kabi, kupertinoliklarning buklama smartfoni ham ikkita ekranga ega. Ulardan kichkinasi – korpus bukilganida tashqi tomonida qoladigan displey tomonlari o‘zaro 1:3 nisbatda. Ichki tomondagi – bukiluvchi ekranning tomonlar nisbati esa 2:3 bo‘lishi aytilmoqda.

Konseptga ko‘ra, iPhone X Fold modelini yarim buklagan holda ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Bunda klaviaturali ekranga ega mitti «noutbuk» yuzaga keladi.

To‘g‘ri, bularning barchasi hozircha dizaynerning fantaziyasi. Ammo qachondir Apple buklama mobil devays ishlab chiqsa, mana shu ko‘rinishda bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.

O‘QING: Qayta tirilgan afsona – ishlayotgan holdagi buklama ekranli Motorola RAZR 2019’ni videoda ko‘ramiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!