Hamyonbop Galaxy M smartfonlarining narxlari va ayrim jihatlari ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  6962
  •  10.12.2018 10:50

Hamyonbop Galaxy M smartfonlarining narxlari va ayrim jihatlari ma’lum bo‘ldi

Kelasi yilning boshida janubiy koreyalik kompaniya Galaxy M turkumidagi ilk smartfonlarini taqdim etishi kutilmoqda. Galaxy J, Galaxy On hamda Galaxy C turkumi o‘rniga keluvchi bu gadjetlardan biri hatto benchmarklarda o‘z kuchini ko‘rsatishga ham ulgurgan.

O‘QING: Galaxy M20 smartfoni Samsung‘ning «kemtik» ekranli ilk modeli bo‘lishi mumkin!

Keyingi paytlarda mazkur seriyadagi ilk ikkita smartfon – Galaxy M10 hamda M20 modellarining ayrim texnik xususiyatlari haqida ma’lumotlar paydo bo‘layotir. 91mobiles nashri esa, smartfonlarning ishlab chiqarilishiga aloqador manbalarga tayangan holda, ularning narxlarini ham ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, Samsung kompaniyasi Galaxy M10 smartfonni uchun taxminan 140 AQSh dollari atrofida narx belgilaydi. Uning «aka»si – Galaxy M20 modeli uchun esa 215 dollari hajmida to‘lov so‘raladi. To‘g‘ri, bu narxlar Hindiston bozoriga mo‘ljallangan – Samsung u yerda xitoylik raqobatchilariga qarshi jiddiy kurashga kirishgan.

«Sizib chiqqan» xabarlarga ko‘ra, Galaxy M10 tezkor xotirasi 3 gigabaytlik bo‘lib, maksimal 1.59 GGs takt chastotali Exynos 7870 protsessoriga ega. Samsung’ning eng arzon smartfoni bo‘layotgan ushbu model haqida hozircha boshqa ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Samsung Galaxy M20 va Galaxy M30 – hamyonbop smartfonlarmi yoki o‘rta narxli?

Galaxy M20 borasida esa tafsilotlar birmuncha ko‘proq: u keng formatli, Full HD+ formatidagi (2340x1080 pikselli) displeyga ega. Devaysning «elektron yuragi» – Exynos 7885 protsessori Mali-G71 MP1 grafik tezlatgichini ham o‘z ichiga oladi. Uning tezkor/ichki xotirasi tegishlicha 3/32 gigabaytlik bo‘lishi aytilmoqda.

Har ikkala rusumdagi smartfon ham Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Ayni damda Hindistonning Noida shahridagi zavodda ularni ommaviy ishlab chiqarish davom etmoqda. Galaxy M turkumining «birinchi qaldirg‘och»lari 2019 yilning boshida taqdim etiladi. Hozirgacha bozorga chiqqan Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!