Haqiqatan «katta iblis»: Redmi K20’ning yana bir flagmancha xususiyati e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  1363
  •  22.05.2019 10:28

Haqiqatan «katta iblis»: Redmi K20’ning yana bir flagmancha xususiyati e’lon qilindi

Xiaomi kompaniyasi 28 may kuni «iblislar qiroli» – Redmi K20 flagmanlarini taqdim etadi. Redmi brendi o‘zining rasmiy Weibo-sahifasida ushbu smartfonlarning yana bir kuchli jihati haqida tizer e’lon qildi.

O‘QING: «Katta iblis» laqabli Redmi K20 chindanam «kushanda» ekan: AnTuTu’da u salkam 460 000 ballik rekord qo‘ydi!

Bu galgi ma’lumot Redmi K20 smartfonlaridagi ekranosti barmoq izi skaneriga tegishli. Tizerga ko‘ra, mazkur datchik Mi 9 flagmanining shunday daktiloskopidan ko‘ra tezkorroq bo‘ladi:

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Mi 9 (Sotib olish) flagmanida beshinchi avlod barmoq izi skaneri qo‘llangan. Redmi K20 modellarida esa yettinchi avlod daktiloskopik datchik ishlatiladi.

Afsuski, yettinchi avlod barmoq izi datchigining avvalgilaridan farqlari oshkor etilmagan, ammo uning yanada tez va aniq ishlashi tayin. Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, Redmi K20 smartfonlarida AMOLED-ekran qo‘llanadi va skaner unga integratsiya qilinadi.

O‘QING: Redmi Note 7S taqdim etildi: siz bu smartfonni «taniysiz»!

Ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin. Shu yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotganingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda ushbu kompaniyaning ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Bu haqdagi batafsil ma’lumotni esa mana bu yerda olishingiz mumkin. Internet-do‘konimizda esa shu kunlarda aksiya doirasida mazkur kompaniyaning ayrim modellariga chegirmalar e’lon qilingan.

O‘QING: «Ayyom» aksiyasi: Terashop.uz’dan Xiaomi smartfonlarini chegirma bilan oling!