Honor 10 Lite taqdim etildi: atigi 200 dollarga GPU Turbo va «sun’iy ong»li ko‘rkam smartfon

  •   DiMaX
  •  2166
  •  22.11.2018 12:21

Honor 10 Lite taqdim etildi: atigi 200 dollarga GPU Turbo va «sun’iy ong»li ko‘rkam smartfon

Huawei kompaniyasi joriy yilning may oyida Honor 10 smartfonini namoyish etgandi. Ushbu qurilma xitoylik texnogigantning eng yaxshi sotilayotgan telefonlaridan biri bo‘ldi.

O‘QING: Honor 10: "Malika"ning yarim narxli flagmani

Endi esa uning arzonlashtirilgan versiyasi – Honor 10 Lite taqdim qilindi. Mahalliy bozorga esa u Honor 10 Youth Edition modeli sifatida chiqariladi. Mazkur qurilma Full HD+ formatli (2280x1080 pikselli) LCD-displey bilan jihozlangan. Diagonali 6,21 dyuymlik ekranning tomonlari o‘zaro 19:9 nisbatda bo‘lib, tepasida selfi-kamera uchun tomchisimon-dumaloq shaklli «kemtik»ka ega. Huawei’ning ta’kidlashicha, keng formatli bu displey korpus old yuzasining 90 foizini egallagan.

Honor 10 Lite modeliga Huawei o‘zining Kirin 710 protsessorini o‘rnatgan. Smartfon tezkor xotirasi 4 va 6, ichki xotirasi esa 64 va 128 gigabaytlik talqinlarda chiqarilmoqda. Shuningdek, ikkinchi SIM-karta o‘rniga microSD-karta qo‘yish orqali uning xotirasini kengaytirish mumkin.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung butun boshli iPad narxida yangi microSD-karta chiqardi!

Smartfon korpusining orqa paneliga barmoq izi skaneri o‘rnatilgan, u 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11ac), Bluetooth 4.2 LE va GPS/GLONASS modullariga ega. Akkumulyatorining tok sig‘imi – 3400 mA/soat.

Arzonlashtirilgan model bo‘lsa-da, Honor 10 Lite qo‘shaloq (13+2 megapikselli) asosiy va 24 megapisellik old kameralarga ega. Ularning ikkalasiga ham «sun’iy idrok» joriy etilgan bo‘lib, fotosuratlarni yaxshilashga hamda tasvirga olinayotgan manzaralarda sahnalarni «anglab olish»ga xizmat qiladi.

Honor 10 Lite qadoqdanoq eng so‘nggi – Android 9 Pie talqinidagi operatsion tizimga ega. Huawei uni o‘zining inqilobiy GPU Turbo texnologiyasi bilan ham ta’minlagan.

Ushbu smartfonning 4/64 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega boshlang‘ich versiyasi uchun 201 AQSh dollariga teng narx belgilangan. 6/64 gigabaytligi 244 dollarga narxlangan bo‘lsa, ilg‘or – 6/128 gigabaytligi esa 273 dollarga tushadi. Xitoyning o‘zida Honor 10 Lite savdosi 27 noyabrdan boshlanadi, uni oq, qizil, ko‘k va qora rangli korpuslarda sotuvga chiqarishadi. Uning jahon bozoriga qachon chiqarilishi va qanday narxlarda sotilishi hozircha noma’lum. Huawei’ning ayrim rusumlardagi smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizda 890 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Huawei Mate 20 ikkita ko‘rsatkichda rekord o‘rnatdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!