Honor flagman smartfoni bilan birga «aqlli» soat ham tayyorlabdi!

  •   DiMaX
  •  917
  •  20.10.2018 12:37

Honor flagman smartfoni bilan birga «aqlli» soat ham tayyorlabdi!

Huawei kompaniyasiga qarashli Honor brendi ostida kuchli smartfonlardan tashqari, boshqa turdagi gadjetlar ham ishlab chiqariladi. Shulardan biri 31 oktyabrda – Honor Magic 2 smartfoni bilan birga taqdim etilishi kutilayotir.

O‘QING: Yangi Honor flagmani Tesla bilan hamkorlikda chiqmoqda

Honor brendi e’lon qilgan tizer-tasvirda yangi «aqlli» soat taqdimotiga ishora qilingan. Unda doirasimon shaklli qo‘l soati silueti aks ettirilgan, gadjet nomi – «Honor Watch» yozuvi tushirilgan hamda namoyish sanasi – 31 oktyabr ko‘rsatilgan.

Aytish kerakki, Huawei kompaniyasi yaqindagina o‘zining Watch GT rusumli smartvotchini chiqargan edi. Honor Watch ham uning xususiyatlarini meros qilib olishini taxmin qilish mumkin.

Aytish kerakki, bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda ayrim ishlab chiqaruvchilarning turli rusumlardagi «aqlli» soatlari va smart-bilaguzuklarini onlayn tarzda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Huawei o‘zining Watch GT aqlli soatini rasman namoyish qildi