Huawei’ning umri tugadimi: Google’dan keyin Intel va Qualcomm ham hamkorlikni to‘xtatdi!

  •   DiMaX
  •  1482
  •  20.05.2019 14:24

Huawei’ning umri tugadimi: Google’dan keyin Intel va Qualcomm ham hamkorlikni to‘xtatdi!

AQSh prezidenti bir haftacha avval barcha kompaniyalarga Huawei bilan hamkorlikni to‘xtatish haqida ko‘rsatma bergandi. Kecha – 19 may kuni kechki payt Google chindan ham xitoylik texnogigant bilan hamkorlikni tugatdi.

O‘QING: Huawei P30 Pro shaxsiy ma’lumotlaringizni yashirincha Xitoyga uzatar ekan!

Huawei smartfonlari Android va Google servislaridan mahrum bo‘ladi

Endi Xitoy kompaniyasi smartfonlari uchun Google tomonidan rasman Android yangilanishlari va qo‘llab-quvvatlash taqdim etilmaydi, yangi Huawei qurilmalari esa Xitoydan tashqarida avvaldan o‘rnatilgan Google servislari bilan sotilmaydi.

Huawei kompaniyasining Android va Google servislariga ega qurilmalarini texnik qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlik rasman to‘xtatiladi. Bu degani – Huawei smartfonlarining keyingi yangilanishlarida qidiruv gigantiga tegishli API’lar, shuningdek, Chrome, Play Market, YouTube, xaritalar va boshqa Google ilovalari qirqilgan bo‘ladi.

Google’ning Huawei’ga nisbatan siyosati o‘zgarishi xitoylik kompaniyaning allaqachon foydalanishda bo‘lgan qurilmalari ish faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu degani – foydalanuvchilar bundan keyin ham Google servislaridan, shu jumladan ular tarkibiga kiruvchi Google Play ilovalaridan, Google qidiruvidan foydalanishlari mumkin.

O‘QING: «Flagmancha» trolling: Huawei o‘z reklamasini Samsung’ning «ustiga ilib» qo‘ydi!

Xo‘sh, innaykeyin-chi?

Bloomberg nashrining yozishicha, Huawei’ga qarshi «texnologik boykot»ga boshqa bir qator kompaniyalar ham qo‘shilmoqda. Ular orasida xitoylik texnogigant uchun o‘ta muhim bo‘lgan hamkorlar ham bor.

Manbaga ko‘ra, Intel, Qualcomm, Xilinx va Broadcom kabi kompaniyalar xodimlariga ham «keyingi ko‘rsatmalarga qadar» Huawei’ga mahsulot yetkazib berishni to‘xtatib turish ma’lum qilingan. Shu tariqa, xitoylik korporatsiyaning nafaqat smartfon va planshetlari, balki noutbuklari ham muhim apparat qismlaridan mahrum bo‘lyapti.

Huawei endi ushbu butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi boshqa hamkor izlashi yoki AQSh hukumati bilan kelishuvga erishmog‘i kerak. Darvoqe, Tramp boshqa mamlakatlarni ham u bilan hamkorlik qilmaslikka chorlagan, lekin...

O‘QING: Huawei bilan hamkorlik haqida «og‘zidan gullab» qo‘ygan mudofaa vaziri ishidan haydaldi

Omadingizni sinab ko‘ring!

Huawei yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotganingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Bu haqdagi batafsil ma’lumotni esa mana bu yerda olishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da barcha Huawei smartfonlari arzonlashdi, narxlari bilan tanishing! (2019 yil 18 may)