Hukumatni tanqid qiluvchi eng yirik Telegram-kanal muallifi fosh bo‘ldi, ammo u yo‘lidan qaytmoqchi emas!

  •   DiMaX
  •  2489
  •  03.05.2019 13:52

Hukumatni tanqid qiluvchi eng yirik Telegram-kanal muallifi fosh bo‘ldi, ammo u yo‘lidan qaytmoqchi emas!

Telegram messenjerining o‘z foydalanuvchilari maxfiyligini, shaxsiy ma’lumotlarini mustahkam himoyalashi yaxshi, albatta. Ammo mazkur himoyadan turlicha yo‘llarda foydalanish mumkinligi ham bor gap.

O‘QING: Andijonda internetdan g‘arazli maqsadda foydalanganlar jazolandi

Jumladan, Telegram-kanallar borasida ushbu jihat yanada muhim. Rossiyaning eng ommabop kanallari uchligiga kirgan «Stalingulag» ushbu mamlakat hukumatini, siyosatini tanqid qilib kelishi bilan mashhur. Biroq mazkur kanalni kim yuritayotgani shu paytgacha noma’lum bo‘lib kelayotgan edi.

O‘tgan yilning yozida RBK nashri jurnalistlari mazkur kanalni Aleksandr Gorbunov yuritishini aytib qolishdi. Ammo ayni damda Moskvada yashayotgan nogiron blogerning o‘zi ushbu ma’lumotni tasdiqlamagan.

Joriy yilning 27 aprelida «Stalingulag» kanalida chiqqan xabarga ko‘ra, Gorbunovning qarindoshi – «Dog‘istonlik Sanya» laqabli kishining uyini tintuv qilgan. Uni telefon orqali terrorchilik qilishda ayblashgan.

Xullasi kalom, BBC nashri bilan 2 may kuni bo‘lib o‘tgan intervyuda Aleksandr Gorbunov o‘zi tan olgan – «Stalingulag» kanalini chindan ham u yaratgan va yuritib kelayotgan ekan. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, hozirda kanalning obunachilari 353 mingdan oshiq.

Blogerning o‘zi bundan keyin ham shu tarzda yozishda davom etishini ta’kidlagan. Uning to‘liq intervyusi bilan mana bu havola orqali (rus tilida) tanishish mumkin.

O‘QING: Telegram’da jiddiy xatolik: barcha shaxsiy ma’lumot va yozishmalaringizni SIM-kartaning yangi egasi ko‘ra oladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!