ID-karta uchun Yagona portal orqali ariza topshirish mumkin

  •   DiMaX
  •  1913
  •  06.01.2021 17:02

ID-karta uchun Yagona portal orqali ariza topshirish mumkin

O‘tgan yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 129-sonli «O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Biz esa bu o‘zgarishning bo‘lishi haqida hali 2018 yildayoq xabar bergan edik. Shuningdek...

O‘QING: ID-kartalarning to‘lov miqdori va tayyorlanish muddati ma’lum bo‘ldi (video)

Ma’lumki, joriy yildan boshlab Respublikamiz aholisi biometrik pasportlarini ID-kartaga almashtirish jarayoni boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmatining ta’kidlashicha, uni olish uchun onlayn ariza bersa bo‘ladi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Yagona portal tizimiga yangi xizmat joriy etildi. Fuqarolarimiz Yagona portal – my.gov.uz orqali biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/378

ID-karta haqida to‘liq ma’lumot olish va biometrik pasportni ID-kartaga almashtirishga Yagona Portal orqali ariza topshirish jarayoni bilan tanishib chiqish uchun vazirlikning YouTube-kanaliga kiring: https://youtu.be/BTGQm1UVpFw

O‘QING: Biometrik pasport o‘rniga olinadigan ID-karta haqida batafsil ma’lumot